Главная » Архив материалов

Amerika va Britaniya olimlari AQSh Milliy fanlar akademiyasi uchun rasmiy axborot taqdim etib, unda Yerdagi hayot odam va boshqa sut emizuvchilar uchun qachon yaroqsiz holatga kelishini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

O‘z maqolasida mutaxassislar energiya iste’molining o‘sishi tufayli muqarrar bo‘lgan iqlim o‘zgarishlari xavfli ekanligini ta’kidlaydi, hatto issiqxona gazlarining atmosferaga chiqishi qisqartirilgan taqdirda ham, energiya sarfi o‘sishda davom etadi. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, 2100-yilga kelib, aholi soni o‘sishi kamaysa-da, 2200—2400-yillarga keliboq, butun dunyoda harorat hayvonlar yashashi uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi.

Shuningdek, olimlar sivilizatsiya inqiroziga olib kelishga qodir boshqa xavflarni ham ko‘rsatib o‘tdi. Ular orasida “Yadroviy qish”, pandemiya, Yerning asteroidlar bilan to‘qnashuvi, shuningdek, sun’iy aql yaratilishining noma’lum oqibatlari ham bor.
Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: Bugun | Комментарии (0)


O`zbek shou biznesining eng yoqimtoy juftliklari deb ta`riflanadigan, “Nihol” mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigora ayni kunlarda farzandi Imronbek bilan Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida dam olishmoqda...


Maroqli o`tayotgan kunlardan “fotohisobot”lar esa muntazam instagram sahifalaridan o`rin olyapti.


Xonandalar sayohat qil ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: Bugun | Комментарии (0)


Turk seriallari ixlosmandlarining “sevimli ro`yxati”ni yana bittaga ko`paytirgan “Sevgi iztirobi” seriali o`z qahramonlari bilan tomoshabinlarning ko`nglidan joy olib ulgurgani aniq. Ulardan biri javobsiz sevgiga duch kelgan salbiy qahramon Amir roli...

2015 yil rejissyorlar Xilol Saral va Ekin Pandir turk aktyori Kaan Urgandjiogluni “Sevgi iztirobi” dramasiga taklif etishadi. Kaan rolini shu qadar mahorat bilan ishonchli o`ynaganki, go`yo Amir hayotda bordek taassurot qoldiradi...

Kino olamiga qanday kelib qolgansiz?

— Oilaviy do`stimiz Demet Akbar “Karaoglan” seriali bosh qahramoniga meni tavsiya qilgan, bari shundan boshlandi. So`ng aktyorlik hayotim mazmuniga aylandi. So`ng Marmara universitetining iqtisodiyot fakulteti talabasi bo`ldim. Lekin ham o`qib, ham “La`natlangan yo`l” serialida suratga tushishni davom ettirganman.

... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: Bugun | Комментарии (0)


U hamisha gapso`zlar nishonida. O`zining aytishicha, bu kabi e`tibor ba`zan malol keladi. Axir u ham hamma < ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: Bugun | Комментарии (0)


Bankomat Toshkentning Yashnobod tumani Maxtumkuli ko`chasi 2a manzilida Asia Alliance Bank ofisida joylashgan va 24 soat davomida uzuluksiz ishlaydi.

Ayni damda bankomat dollarni so`mga almashtirib berishi mumkin. Yaqin orada bankomatda evro va rubl ham almashtirish mumkin bo`ladi.

Ushbu xizmatdan fuqarolar va mehmonlar naqd valyutani so`mga ayrboshlash uchun foydalanishlari mumkin. Almashtirilayotgan valyuta miqdori uchun hech qanday cheklov yo`q.

-family:"Times New Roman","serif"; mso-ansi-language:UZ-CYR'>
Tomonlar BMT Xavfsizlik Kengashi kun tartibidan o`rin olgan “Ommaviy qirg`in qurollarini tarqatmaslik: ishonch choralari” nomli tadbir va vazirliklar darajasidagi “Xavfsizlik va taraqqiyotning o`zaro bog`liq modeli sifatida Afg`oniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yo`lga qo`yish” mavzuidagi ochiq munozaralar yuzasidan o`zaro fikr almashishdi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: Bugun | Комментарии (0)


2017 yil yanvar-dekabr oylarida O`zbekiston Respublikasida o`rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 453,2 ming so`mni (ish haqiga ustama, mukofot, rag`batlantirish xususiyatiga ega to`lovlar, kompensasiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to`lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig`i, ijtimoiy sug`urta va kasaba uyushmasiga to`lovlar ham mavjud) tashkil qildi. Bu 2016 yilning mos davriga nisbatan 12,3 % ga o`sgan, deb xabar qiladi Davlat statistika qo`mitasi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha o`rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi eng yuqori moliyaviy va sug`urta faoliyatida 2 694,1 ming so`mni (respublikadagi o`rtacha oylik ish haqiga nisbatan 85,4 % ga ko`p), axborot va aloqada 2 498,5 ming so`mni (71,9 %), sanoatda 2 091,7 ming so`mni (43,9 %), tashish va saqlashda 1 945,8 ming so`mni (33,9 %), qurilishda 1 808,4 ming so`mni (24,4 %) tashkil etgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha 2016 yilga nisbatan o`rt ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: Bugun | Комментарии (0)


Markaziy bank boshqaruvining tegishli qaroriga asosan 50 ming so`mlik banknotlar shu yilning 22 avgustidan muomalaga chiqarilgandi.

MBning ma`lumotlariga qaraganda, milliy valyutaning 50 ming so`m qiymatdagi banknotini muomalaga kiritish respublikada so`nggi yillarda o`rtacha ish haqi miqdorining oshib borishi hamda aholiga ish haqi, pensiya va nafaqalarni to`lashda, shuningdek naqd puldagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilgan.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: Bugun | Комментарии (0)


Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonida keltirilmoqda.

Shuningdek, mazkur hujjatda shakar ishlab chiqaruvchilar 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatga import xom ashyosi asosida ishlab chiqarilgan hajmlar qismiga qo`shilgan qiymat solig`i to`lashdan ozod qilinishi aytilgan.

Iste`mol tovarlarini tovar-xom ashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida sotish (sotib olish) uchun ulgurji savdoni amalga oshirishga lisenziya mavjudligi talab etilmaydi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: Bugun | Комментарии (0)


2018 yil 1 fevraldan boshlab O`zbekiston Respublikasiga oziq-ovqat tovarlarini import qilish bo`yicha ayrim xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga taqdim qilingan individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa preferensiyalar bekor qilinadi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining bugun, 16 yanvar kuni imzolangan “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonida keltirilmoqda.

Endilikda respublikaga oziq-ovqat tovarlarini kiritish bo`yicha ayrim xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa preferensiyalar taqdim etish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarining qabul qilinishi taqiqlandi.

Kimki ushbu talablarga bo`ysunmasa, jinoiy javobgarlikkacha bo`lgan javobgarlikka tortilishi belgilandi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: Bugun | Комментарии (0)


2017 yil yakunlari bo`yicha O`zbekiston oltin-valyuta zaxirasi yil davomida 1,4 mlrd dollarga oshib, 26,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Ilk bor oltin-valyuta zaxirasi hajmi haqidagi ma`lumot 2017 yil noyabrida rasman e`lon qilingan edi. Markaziy bank raisining birinchi o`rinbosari Timur Ishmetov ular hajmi faqatgina kuz boshidan 750 mln dollarga ko`payib, 26 mlrd dollarni tashkil etganini ma`lum qilgan edi.

Banklarga naqd pul tushumi oshdi. Jumladan, 2017 yilning birinchi yarmida bank kassalari orqali naqd pul aylanmasi bir oyda o`rtacha 4,8 trln so`mni tashkil etib, 900 mlrd so`m miqdordagi naqd pul emissiya qilingan bo`lsa, yilning ikkinchi yarmida bu ko`rsatkich qariyb 2 barobarga ortib, 9,4 trln so`mga etdi, jumladan 2017 yilning dekabrida 2,3 barobarga ko`tarilib, 11 trln so`mgacha etdi. Bunda naqd puldagi daromad va xarajatlar o`rtasidagi muvozanat ta`minlangan.

Pul-kredit sohasidagi islohotl ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: Bugun | Комментарии (0)


Bu kabi fikrlar 2018- yilgi Davlat dasturi loyihasining 27-bandi, ya`ni fuqarolarning xorijga chiqish tartib-taomillarini soddalashtirish bo`yicha fuqarolar qoldirayotgan izohlarda uchraydi. Loyihaning shu qismi eng ko`p muhokama qilinayotgan «propiska» masalasidan keyin 2-o`rinni zabt etib turibdi, deya xabar beradi O`zA.

Izohlarning ayrimlari bilan tanishsak.

Rustam Qosimjonov: Xorijga chiqish stikerini to`liq bekor qilish fuqarolarning konstitusiyaviy erkinligini ta`minlaydi. Chunki fuqarolarning davlat idoralarida kunlab vaqt yo`qotishi, mablag` sarflashi, davlat byudjetining ma`lum qismi bu keraksiz byurokratiyani amalga oshiruvchi davlat organlari faoliyatiga xarjlanishi davom etyapdi.

Shukrullo Abduvaliev: ID-karta joriy qilinishini to`g`ri echim, deb hisoblayman. Faqat bu kartaning foydalanish sohasini kengaytirish zarur. Masalan, avtomobil boshqarish ruxsatnomasi vazifasini ham shu ID-kartadagi tegishli yozuv bilan belgilansa yaxshi bo`la ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 15 Янв 2018 | Комментарии (0)


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 yanvar kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 0-2 daraja sovuq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 11-16, kunduzi 2-7 daraja sovuq, Ustyurt bo`ylab kechasi 15-20, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo`ladi.

Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi j ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 15 Янв 2018 | Комментарии (0)


O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi o‘zining yangi nashri – TV Park Uz jurnalini ta’sis etdi. “Samarqand darvoza” savdo majmuasida jurnal taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Samandar Hamroqulov, telejurnalistlar Nozima Vohidova, Nilufar Umrzoqova, Gulhida Jo‘rayeva hamda bir qancha OAV xodimlari ishtirok etdi.

Taqdimotda ishtirok qilgan “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekovga jurnal haqida savollar bilan murojaat qildi.

Bundan avval ham jurnal taqdimotida ishtirok etganmisiz?

Bu ilk marotaba jurnal taqdimotida ishtirok etishim. To‘g‘risini aytishim kerak, bunaqa sifatli darajadagi jurnal birinchi marotaba chop etilmoqda.

Taqdimotda san’atkor sifatida ishtirok etyapsizmi yoki madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari sifatidami?

Eng avvalo bu yerda “Yoshl ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 14 Янв 2018 | Комментарии (0)


Xonanda Otabek Muhammadzohid to‘ylarda yarim-yalang‘och kiyinib raqsga tushayotgan raqqosalarni qattiq tanqid qildi. Xonanda bu masalaga jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusi davomida to‘xtalib o‘tdi.

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, Farg‘ona vodiysidagi ikkita to‘yda u ayniqsa ko‘p asabiylashgan, raqqosa qizlar sabab to‘yda xizmat qilishdan ham bosh tortgan.

Farg‘onada ikkita to‘yda juda qattiq asabim buzildi. Farg‘onada aka-uka to‘yga borsak, kuttirmay darrov navbat berishadi. Bir to‘yda 5—10 daqiqa choy ichib o‘tirgim keldi. Shu joyda bir raqs guruhiga navbat berishdi. Haligilar arabcha, yarim-yalang‘och kiyimlarni kiyib, “Lazgi”ga raqsga tushib ketdi. Raqs tugashi bilan, hech kim e’lon qilishini ham kutmay, mikrofonni shartta oldimda: “Kim chaqirdi bularni, qani bu guruhning rahbari?”, dedim.

Guruh rahbari yoshgina bir qiz ekan. O‘tirganlarga qarab: “Sizlarga ham hayronman, kim sizlarni o‘zbek deydi? Hozir shu yarim-yalang‘ochlarga qarsak ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 14 Янв 2018 | Комментарии (0)


Xonanda Lola Yo`ldosheva o`tgan yili ikkinchi marotaba turmushga chiqqani va ayni kunlar Maskova shahrida yashayotgani haqida habaringiz bor. Kuni kecha u biz bilan bo`lgan suhbatda qalbining egasi umr yo`ldoshi haqida gapirib berdi...

Lola Yo`ldosheva: — Men uchratgan inson qalbimdagi barcha kemtiklikni to`ldirdi. Mehri, e`tibori, barcha insoniy fazilatlari bilan ko`nglimdan joy oldi. Ertangi kunga ishonchimni oshirdi. Munosabatlarimizda gumon, shubha, ishonchsizlikka o`rin yo`q. Menimcha, bir ayol uchun bundan ortiq baxt bo`lmasa kerak. Bugungi baxtimni asrab-avvaylab yashashni istayman.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 13 Янв 2018 | Комментарии (0)


O`zbek kinosining eng mashhur va reytingi baland ikki aktrisasi — Zarina Nizomiddinova Yulduz Rajabova urishib qolgani va so`nggi ikki-uch yil umuman gaplashmasligi haqida mish-mish tarqaldi.

Ma`lumotlarga ko`ra, ular turli tadbirlarda ham bir-biri bilan salomlashmay o`tib ketishayotgan ekan. Bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida ular bilan bog`landik.

Yulduz Rajabova: — Bu — yolg`on. Zarina bilan munosabatlarimiz yaxshi, sira «sen-men»ga bormaganmiz. Bu gaplarni dushmanlarimiz o`ylab topgani aniq.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 13 Янв 2018 | Комментарии (0)


Berklidagi Lourens nomidagi milliy laboratoriya olimlari asteroidlar kamaridagi meteoritlarda murakkab organik birikmalar va suv borligini aniqladi. Sayyorashunoslar maqolasi Science Advances jurnalida chop etilgan. U haqda qisqacha Phys.org sayti hikoya qiladi.

Tadqiqotchilar fikricha, ularning topilmasi Yerga qulaydigan kosmik jismlar sayyorada hayotning paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynagan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Tadqiqotchilar meteoritlar ichidagi tosh tuzning juda kichik kristallari kimyoviy tarkibini o‘rgandi. Bu kristallar turli ranglarga ega. Kosmik jismlar yoshi 4,5 milliard yilga teng.

Minerallarning rentgen suratlari kristallarda tarkibida turli organik molekulalar bo‘lgan tuz bilan to‘yingan suv eritmasi aralashmalari borligini ko‘rsatdi. Olimlar fikricha, topilma primitiv hayot, masalan, mikroorganizmlar Quyosh tizimining boshqa joylarida ham mavjud bo‘lishi mumkinligini namoyish etadi.
Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 13 Янв 2018 | Комментарии (0)


Aktyor Yigitali Mamajonov biz bilan bo`lgan suhbatda ikkinchi turmush o`rtog`i Nigina haqida barcha ma`lumotlarni gapirib berdi...

— Shaxsiy hayotim haqida omma oldida gapirishni yoqtirmayman. Lekin ba`zi ma`lumotlarni aytishim mumkin. Chimkentlik qiz. Muhabbat shunday mo``jizaki u millat, masofa tanlamas ekan. Bu tuyg`u bizga ayni kerak paytda qalbimizda paydo bo`lganidan xursandman. Uni ilk bor ko`rganimni yaxshi eslayman. Qadrdonlar bilan dam olishda edik, u ham oilasidagilar bilan hordiq chiqarishga kelgan ekan. O`shanda ikki oila a`zolari xuddi ko`pdan beri bir-birini bilgandek, qadrdon bo`lib ketganmiz va keyinchalik ham tez-tez gaplashib turdik. Vaqt o`tgan sayin u mening prinsiplarim, xohish va tasavvurimdagi inson ekanligiga amin bo`la boshlaganman. Bugun juda baxtlimiz. Va uni asarab avaylayman.

Aktyorning onasi va turmush o`rtog`i NiginaMa`lumot o`rnida:

Aktyor Yigitali Mamajonov yana bir karra ota bo`lish arafasida.
Manba: Darak ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 13 Янв 2018 | Комментарии (0)


“MyAirGroup IT Service” mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan onlayn nazorat-kassa mashinalari ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. Dastlabki uskunalar ayni paytda savdo do`konlari, mehmonxonalar, avtomobillarga yonilg`i quyish shoxobchalari va dorixonalarda sinovdan o`tkazilmoqda.

Milliy matbuot markazida o`tkazilgan anjumanda shular xususida ma`lumotlar berildi.

Prezidentimizning 2017 yil 29 sentyabrdagi “Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo`llash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori asosida amaliyotga joriy qilinayotgan mazkur mashinalar bir qator afzalliklarga ega. Ya`ni ular bir vaqtning o`zida hisobga olish ombori, hisobchi, savdo tahlilchisi, kassachi ishi nazoratini olib boradi.

TM “UZOFD” fiskal ma`lumotlar operatori onlayn nazorat-kassa mashinasidan kelayotgan ma`lumotlarni qabul qiladi, ularni yig`adi, saqlaydi, qayta ishlaydi va O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasiga elektron s ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 13 Янв 2018 | Комментарии (0)


— Hozirda shaharlarda arzon uy joylar qurilmoqda. Uni kimlar olishi mumkin, arizani kimga topshirish kerak. Iltimos shu haqda ma`lumot bersangiz?

Adliya vazirligi tarqatgan xabarda aytilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 yanvardagi 14-son qaroriga asosan shaharlarda qurilayotgan 5, 7 va 9 qavatli arzon ko`p kvartirali uylardagi kvartiralarni jismoniy shaxslarga biriktirish tuman hokimliklarida tuzilgan hududiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Ko`p kvartirali uylardan kvartira sotib olish uchun turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo`lgan jismoniy shaxs hududiy komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

-ariza;

-qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlar;

Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo`lgan jismoniy shaxsning quyida ko`rsatilgan mezonlardan biriga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar:

-o`z uy-joyining yo`qligi yoki eski ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 11 Янв 2018 | Комментарии (1)

1 2 3 ... 118 119 »