Главная » Yangiliklar » 10 yillik tanaffusdan so'ng
10 yillik tanaffusdan so'ng

10 yillik tanaffusdan so'ng

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 10 yillik tanaffusdan so'ng
  • Дата релиза: 18-11-17, 19:35
10 yillik tanaffusdan so'ng
Xorazm xalq qo`shiqlarini aytib, muxlislar mehrini qozongan Shoxsanam roppa-rosa 10 yillik tanaffusdan keyin yana jo`shqin ijodga qaytdi. U o`z davrining “hit” taronalaridan biri bo`lgan “Shaqildoq” singari sho`x qo`shiq ijro etdi. Yangi “Cho`girma” taronasi Farruh Sohib so`zi va Furqat Bobojonov musiqasi asosida yaratildi. Mahoratli klipmeyker Shuhrat Mavlonov esa qo`shiq g`oyasiga mos ravishda trek va syujet yo`nalishlarida klip suratga oldi. Klipning syujet qismini aktyorlar Sabina va Ta`lat Yo`ldoshevlar ochib berishgan bo`lsa, trek yo`nalishida “Parizod” ansamblining qizlari raqs ijro etishdi.

Ammo bu hali hammasi emas! Xonanda klip davomida akkordeon chalib, sozandalik mahoratini ham ochib berdi. Ishonamizmi, xonandaning yangi ijod mahsuli muxlislarga manzur bo`lib, tez orada ijodiy tanaffus o`rni to`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: