Главная » Yangiliklar » 1 noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti

1 noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 1 noyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-7, kunduzi 7-9 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 va 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 va 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 va 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik bo`ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 va 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz



Новости «1 noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]