Главная » Yangiliklar » 2019 yilgi ish vaqti tasdiqlandi
2019 yilgi ish vaqti tasdiqlandi

2019 yilgi ish vaqti tasdiqlandi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 2019 yilgi ish vaqti tasdiqlandi
  • Дата релиза: 07-12-18, 03:51
2019 yilgi ish vaqti tasdiqlandi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2019 yilgi ish vaqti fondining tavsiya etilayotgan hisob-kitobini ishlab chiqdi. Bu haqda Norma ma`lum qildi.

Unda ish haftasi turidan kelib chiqqan holda 2019 yildagi ish kunlari soni va ish vaqti me`yori to`g`risida axborot berilgan. Mazkur ma`lumotlar har oy, shuningdek chorak, yarim yillik va umuman bir yil kesimida ko`rsatilgan.

«Ish vaqti kalendari» degan norasmiy nomga ham ega bo`lgan, e`tiborga havola etilayotgan hisob-kitob kadrlar ishini yurituvchi xodimlarga ham, buxgalterlarga ham foydali bo`ladi.

Birinchidan, u ish soatlari va kunlari, shuningdek dam olish kunlari soni haqida to`liq manzarani shakllantiradi. Bu tabelni to`g`ri yuritish va ish vaqti muvozanatini nazorat qilishda yordam beradi.

Ikkinchidan, korxonada ish vaqti hisobi qo`shib yuritilsa va har bir xodim uchun uning me`yori belgilangan hisob davriga (oy, chorak, yarim yillik, yil) qarab aniqlansa, kalendar juda qo`l keladi.

Uchinchidan, tavsiya etilayotgan hisob-kitobdagi axborotdan ish haqi, mehnatga layoqatsizlik nafaqasi va ish soatlariga bog`liq bo`lgan boshqa hisoblanmalarni hisoblashda foydalanish mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: