Главная » Yangiliklar » ​27 aprel kuni O`zbekistonning ayrim hududlarida yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`ladi
​27 aprel kuni O`zbekistonning ayrim hududlarida yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`ladi

​27 aprel kuni O`zbekistonning ayrim hududlarida yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`ladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​27 aprel kuni O`zbekistonning ayrim hududlarida yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`ladi
  • Дата релиза: 26-04-17, 15:16
​27 aprel kuni O`zbekistonning ayrim hududlarida yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`ladi
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 27 aprel kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 12-17 metrgacha kuchayadi. Kechasi 15-17, kunduzi 20-22 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-11, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 12-17, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 12-17, kunduzi 18-23 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 13-18, kunduzi 18-23 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 2200 metrdan baland hududlarda qor ko`chishi xavfi bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 7-12, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.
Логин:
Пароль: