Главная » Yangiliklar » 4 metrli bo`g`ma ilon sayyohlarning ko`z o`ngida bug`uni butunlay yutib yubordi
4 metrli bo`g`ma ilon sayyohlarning ko`z o`ngida bug`uni butunlay yutib yubordi

4 metrli bo`g`ma ilon sayyohlarning ko`z o`ngida bug`uni butunlay yutib yubordi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 4 metrli bo`g`ma ilon sayyohlarning ko`z o`ngida bug`uni butunlay yutib yubordi
  • Дата релиза: 07-02-18, 14:29
4 metrli bo`g`ma ilon sayyohlarning ko`z o`ngida bug`uni butunlay yutib yubordi
Shri-Lankada sayohatda bo`lgan sayyohlar 4 metrlik bo`g`ma ilonning bug`uni tutib olib, uni butunlay yutib yuborganligining guvohi bo`lishdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan mazkur rolik yanvar oyining oxirida “Bundala” milliy parkida suratga olingan. Uzunligi 4,3 metr bo`lgan bo`g`ma ilon sayyohlarning ko`z o`ngida bir soat davomida butun boshli bug`uni yamlab, yutib yubordi.

Park xodimlarining ma`lumot berishicha, bunday hodisa ilk marotaba yuz bermoqda. Bo`g`ma ilonlar aksariyat hollarda odamlarning tomosha qilib turganini sezsa, o`ljalarini tashlab ketishadi. Bundan tashqari mazkur ilon bundan bir necha oy ilgari oziqlangan.

“Bundala” milliy parki xalqaro ahamiyatdagi tabiat ob`ekti hisoblanadi. Bu erda noyob hayvonlar saqlanadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: