Главная » Yangiliklar » 5 yoshli qizchani beliga qaynoq suv quygan, peshonasiga igna sanchgan “enaga”ning kirdikorlari fosh etildi
5 yoshli qizchani beliga qaynoq suv quygan, peshonasiga igna sanchgan “enaga”ning kirdikorlari fosh etildi

5 yoshli qizchani beliga qaynoq suv quygan, peshonasiga igna sanchgan “enaga”ning kirdikorlari fosh etildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 5 yoshli qizchani beliga qaynoq suv quygan, peshonasiga igna sanchgan “enaga”ning kirdikorlari fosh etildi
  • Дата релиза: 11-04-18, 19:26
5 yoshli qizchani beliga qaynoq suv quygan, peshonasiga igna sanchgan “enaga”ning kirdikorlari fosh etildi
Ko`pincha turli internet saytlarida, ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda, messenjerlarda enagalarning voyaga etmagan bolalarga nisbatan shafqatsizlarcha munosabati tasvirlargan videohavolalar, ma`lumotlarga ko`zimiz tushib, nafratimizni qo`ziydi. Afsuski, ana shunday shafqatsizlikni o`zida mujassam qilgan bu galgi “qahramon” xorijda emas, o`zimizda “kashf etildi”.

Andijon viloyati Marhamat tumanida istiqomat qiluvchi 5 yoshli Shahrizodaning (ismi o`zgartirilgan) onasi ishlash uchun Qozog`istonga ketish oldidan qizini tanishi Bozorgulga ishonib qoldirib ketadi. Ammo bu 54 yoshli ayol onaning ishonchini oqlamay, voyaga etmagan 5 yoshli go`dakni “o`ziga xos” (bejizga bunday izohlamayapmiz, sababi so`nggi paytlarda aynan voyaga etmaganlarga nisbatan goh otasi, goh onasi yoki boshqa bir uchinchi shaxs tomonidan ko`z ko`rib quloq eshitmagan qiynoqlar qo`llanilayotir) qiynoqlar bilan azoblab kelgan. Uning ham bu jinoiy harakatlari asrlar chig`irig`idan o`tgan qoida — qonuniy javobgarlikdan xoli bo`lmadi. Jinoyat ishlari bo`yicha Marhamat tuman sudi sudyasi Jahongir Yakubxo`jaev raisligida tumandagi Mingtepa MFY binosida bo`lib o`tgan va va oxirgi vaqt an`anaga aylangan sayyor sud tartibida mazkur ish mahalla ahli va keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etildi.

Jahongir YaKUBXO`JAEV,
Jinoyat ishlari bo`yicha Marhamat tuman sudi sudyasi:

— Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi hujjatlariga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi JKning 110-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari bilan ayblangan sudlanuvchining ma`lumoti o`rta, ishsiz, muqaddam sudlanmagan. Ish bo`yicha 2017 yil 30 avgust kunidan garov ehtiyot chorasi qo`llanilgan. O`zi istiqomat qiladigan xonadonda 2017 yil 13 fevral kunidan 2017 yil 1 avgust kuniga qadar qaramog`ida bo`lgan ojiz ahvoldagi, 2013 yilda tug`ilgan voyaga etmagan Shahrizodani Qozog`istonda ishlash uchun ketgan onasini sog`inib yig`lagan vaqtida, uni ovutish o`rniga yig`lamasligi uchun badanining turli joylariga qo`llari, yog`och tayoq va temir bo`lagi bilan urib, chimchilab, og`zini berkitib, beliga qaynoq suv quyib, muttasil ravishda qiynab kelgan. Ana shunday qiynoqlar bilan qizchaga qisqa muddatli sog`liqning buzilishiga olib kelgan engil tan jarohati etkazgan.

"ENAGA" AYBIGA IQROR EMAS, LEKIN...

Sud majlisida ma`lum qilinishicha, jinoyat ishi hujjatlariga ko`ra, Andijon viloyat sud-tibbiyot ekspertiza byurosi Shahrizodaning tanasida qisqa muddatli sog`lig`i buzilishiga olib kelgan yuqoridagi kabi engil tan jarohatlari mavjudligi ko`rsatilgan.

Jahongir YaKUBXO`JAEVning izohiga ko`ra, uning aybi ishga jalb qilinganlarning ko`rsatuvlari hamda to`plangan boshqa dalillar majmui bilan o`z tasdig`ini topgan. Jumladan, Shahrizodaning onasi bergan ko`rsatmadagi ma`lumotlar bilan ham...

Shahrizodaning onasi:

— 2017 yil 2 avgust kuni Bozorgulning uyiga keldim. U uyida yo`q edi. Qo`shnilardan so`radim. Ular menga qizim Shahrizoda Marhamat tuman prokuraturasida ekanligini aytishdi. Keyin prokuraturaga bordim. O`sha erda qizimni Bozorgul urib tan jarohatlari etkazganligini bildim. Qizimni pedagog ishtirokida so`roq qilishdi. Qizim so`roq vaqtida meni sog`inib yig`lasa, Bozorgul uning beliga yog`och tayoq bilan urib kelganini, qo`llari bilan og`zini yopib qo`rqitgani, qo`lini tishining tepa qismiga qo`yib botirganligini, peshonasiga igna sanchganligini, “onang o`lgan” deb tomog`idan bo`g`ganligini, chimchilab, og`ritganligini, qorin sohalariga urganligini, chap qulog`iga qoshiqni sanchib olganligini aytdi. Yana qizimning aytishicha, u vannada oyog`ini yuvayotgan vaqtida, Bozorgul kelib beliga qaynagan suv quyib yuborgan.

SUDLANUVChINING VAJLARI RAD QILINDI, ChUNKI...

Shuningdek, sudya bu kabi holatlar yuzasidan 2017 yil 4 avgust kuni 5 yoshli Shahrizodaning ko`rgazmalarini hodisa joyida tekshirish tergov harakati o`tkazilganini ma`lum qildi. Uning izohiga ko`ra, Shahrizoda va pedagogning qatnashuvida xolislar ishtirokida Bozorgulning uyiga borilganida qizcha “enaga”sini ko`rib, injiqlangan va yig`lab yuborgan. Keyin uyga kirib qizcha hammom va balkonni ko`rsatib, shu erlarda “enaga”si uni urib, qiynaganlarini aytgan.

Ishga jalb qilingan guvohlar ham o`z ko`rsatmalarida mazkur holatlarni tasdiqlashdi. Hatto guvohlar tomonidan “enaga”ning qizchani urgan tayog`i yashash xonadoni erto`lasida turishi ham ma`lum qilindi. Qo`shnilar bergan ko`rsatmalarga ko`ra esa, Shahrizoda bolalar maydonchasiga deyarli chiqmagan. Ko`chaga chiqqan vaqtida esa badanlarida ko`karish, chimdishdan qolgan qizarish va kaltaklashdan qolgan shilinma jarohatlar bo`lgan. Buning sababini so`ragan qo`shnilarga “enaga”si urgani, hatto oyog`iga qoshiq tiqib olganini, orqa elka va belini ko`rsatib, orqasidan qaynagan suvni quyib yuborganini aytib bergan.

Sudda bu kabi ko`rsatmalar, ekspertiza xulosalari hamda ishda to`plangan boshqa dalillar majmui bilan Bozorgulning javobgarlikdan qutulib qolish yoki jazoni engillashtirish maqsadida o`ylab topgan vajlari rad qilindi.

HUKM O`QILDI

Sud sudlanuvchiga jazo turi va miqdorini tayinlashda, uning muqaddam sudlanmaganini, ayolligini, 2 nafar farzandi borligini, oilada yagona boquvchi ekanligini, uning jinoyat sodir qilgunga qadar xulq-atvorini, ayb shaklini, sodir qilingan jinoyatning xususiyatini, ijtimoiy xavflilik darajasini, sodir qilish sharoiti va sabab-larini inobatga olib, uni O`zbekiston Respublikasi JKning 110-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari bilan aybdor deb topdi va O`zbekiston Respublikasi JKning 110-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari bilan ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Sud hukmiga ko`ra, endi “enaga” axloq tuzatish ishlari jazosini nazorat qiluvchi IIB organlari belgilab beradigan joylarda o`taydi. Jazoni o`tash muddati hukm ijroga qaratildi.

XULOSA O`RNIDA

Mazkur ishni jinoyat ishlari bo`yicha Andijon viloyat sudi kassasiya instansiyasi sudlov hay`ati 2018 yil 19 yanvar kuni o`z binosida, ochiq sud majlisida ko`rib chiqdi va ajrim qildi. Unga ko`ra, Jinoyat ishlari bo`yicha Marhamat tuman sudi tomonidan chiqarilgan hukmda ko`rsatilgan jazo o`zgarishsiz qoldirildi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi

matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: