Главная » Yangiliklar » 8 mart kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
8 mart kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti

8 mart kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 8 mart kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
  • Дата релиза: 07-03-18, 22:06
8 mart kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8 mart kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-7, kunduzi 17-19 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, Xorazm viloyatida kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 17-22 daraja iliq, cho`l hududlarida kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: