Главная » Yangiliklar » 9 fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
9 fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti

9 fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 9 fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
  • Дата релиза: 09-02-18, 08:39
9 fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 9 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-7 daraja sovuq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, Ustyurt bo`ylab kechasi 12-17, kunduzi 2-7, Xorazm viloyatida kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq, cho`l hududlari bo`ylab ayrim joylarda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja sovuq, ayrim joylarda 0-2 darajagacha iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 2-7 daraja sovuq, ayrim joylarda 1-3 darajagacha iliq, baland tog` hududlarida kechasi 15-20, kunduzi 6-11 daraja sovuq bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: