Главная » Futbol yangiliklari » Aleksandr Xomyakov: "Muxlislarga spektakl namoyish qilib berdik"
Aleksandr Xomyakov:

Aleksandr Xomyakov: "Muxlislarga spektakl namoyish qilib berdik"

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: Aleksandr Xomyakov: "Muxlislarga spektakl namoyish qilib berdik"
  • Дата релиза: 02-06-14, 14:05
Aleksandr Xomyakov: "Muxlislarga spektakl namoyish qilib berdik"
"Buxoro" - "Mash'al" (3:4) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Aleksandr Xomyakov qatnashdi.

"G'alabaga umid qilgandik, g'alaba uchun harakat qildik. Bugungi g'alaba bilan shogirdlarimni tabriklayman. Biroq hisob 4:0ga etgach biz futbol o'ynashni to'xtatdik. Shu orqali mezbon muxlislariga spektakl namoyish etib berdik. Uchrashuv doim 90 yoki 93 daqiqa davom etishini aytib kelaman", - deb gap boshladi Xomyakov.

"Buxoro" himoyachilari xatoga yo'l qo'yishida bizning hujumchilarimizning ham ta'siri bo'ldi. Bu jamoa o'yinini o'rgangan edik, "Buxoro" o'z muxlislari oldida faol o'ynashini bilardik.

"To'g'ri o'z maydonimizda hali yuta olmadik. Biroq bunga bir nechta sabablar bor. Muborakda kuchli jamoalarga qarshi o'ynadik, o'z uyimizda hujumkor o'yin namoyish etayapmiz. Buning oqibatida bo'sh zonalar qolayapti va raqiblar gol urib ketishmoqda. Safarda esa o'yinimizni himoyadan tashkil etganimiz uchun bizga osonroq bo'lmoqda. Umid qilamanki, bugungi uchrashuv biz uchun o'tish davri bo'ladi", - deydi Aleksandr Xomyakov.
Логин:
Пароль: