Главная » Futbol yangiliklari » Angliya chempionati, 23-tur: “MYu” o'z maydonida “Sautgempton”ga yutqazdi, “Lester” etakchilikni qo'lga oldi
Angliya chempionati, 23-tur: “MYu” o'z maydonida “Sautgempton”ga yutqazdi, “Lester” etakchilikni qo'lga oldi

Angliya chempionati, 23-tur: “MYu” o'z maydonida “Sautgempton”ga yutqazdi, “Lester” etakchilikni qo'lga oldi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: Angliya chempionati, 23-tur: “MYu” o'z maydonida “Sautgempton”ga yutqazdi, “Lester” etakchilikni qo'lga oldi
  • Дата релиза: 24-01-16, 22:35
Angliya chempionati, 23-tur: “MYu” o'z maydonida “Sautgempton”ga yutqazdi, “Lester” etakchilikni qo'lga oldi

Angliya Premer-ligasining 23-turida “Manchester Yunayted” o'z maydonida “Sautgempton”dan 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Uchrashuvdagi yagona to'pni uchrashuvning oxirida “avliyolar”ning yangi o'yinchisi Charlz Ostin kiritdi.

“Lester” esa o'z maydonida 3:0 hisobida “Stok Siti”ni yutdi va kamida 24 yanvargacha APL musobaqa jadvalining yakka peshqadamiga aylandi. “Lester”dan 3 ochko ortda qolayotgan “Arsenal” 24 yanvarda o'z maydonida “Chelsi”ni qabul qiladi.

“Tottenxem” mehmonda 1:3 hisobida “Kristal Pelas”ni, “Uotford” esa o'z uyida “Nyukasl”ni 2:1 hisobida yutdi.

Ikki uchrashuv durang hisob bilan yakunlandi: “Vest Bromvich” -“Aston Villa” uchrashuvida birorta ham to'p kiritilmadi (0:0), “Sanderlend”-“Bornmut” uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etildi.

Angliya Premer-ligasi. 23-tur
Manchester Yunayted – Sautgempton – 0:1
Gol: Ostin, 87 (0:1).


Lester Siti – Stok Siti – 3:0
Gollar: Drinkuoter, 42 (1:0); Vardi, 66 (2:0); Ulloa, 87 (3:0).

Kristal Pelas – Tottenxem Xotspur – 1:3
Gollar: Vertongen, 30 (1:0, avtogol); Keyn, 63 (1:1); Alli, 84 (1:2); Shadli, 90+5 (1:3).

Uotford – Nyukasl Yunayted – 2:1
Gollar: Igalo, 46 (1:0); Ketkart, 58 (2:0); Lascells, 71 (2:1).

Vest Bromvich Albion – Aston Villa – 0:0

Sanderlend – Bornmut – 1:1
 Gollar: Afobe, 13 (0:1); van Anxolt, 45+1 (1:1).

Логин:
Пароль: