Главная » Yangiliklar » Antiqa olam paxta yog'i tarkibida sovun qoldig'i borligi aniqlandi
Antiqa olam paxta yog'i tarkibida sovun qoldig'i borligi aniqlandi

Antiqa olam paxta yog'i tarkibida sovun qoldig'i borligi aniqlandi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Antiqa olam paxta yog'i tarkibida sovun qoldig'i borligi aniqlandi
  • Дата релиза: 06-12-18, 02:37
Antiqa olam paxta yog'i tarkibida sovun qoldig'i borligi aniqlandi
O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi tomonidan Farg`ona viloyatida plastik idishlarda qadoqlangan “Antiqa olam” paxta yog`i tarkibida sovun qoldig`i mavjudligi, kislota miqdori ham me`yordan ortiqligi ma`lum qilindi, deb yozmoqda O`zA.

Paxta yog`i yorlig`i OʻzDSt 816:2015 davlat standartining 5.3.1 bandi talablariga nomuvofiq bo`lib, barcha yoritilishi lozim bo`lgan ma`lumotlar to`liq berilmagan. Mahsulot miqdori, me`yoriy hujjat belgisi (OʻzDSt 816:2015) yorliqlarda ko`rsatilmagan va energetik qiymatlari noto`g`ri yozilgan.

“Antiqa olam” o`simlik yog`ini ishlab chiqaruvchisi “Shaxriyor Elyor” oilaviy korxonasi rahbari Shahriyor Doniyorovning aytishicha, kimdir ularning brendidan foydalanib, sifatsiz mahsulotlar tayyorlamoqda.

Bu haqda 15 kun avval Buxoro viloyati iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga ariza bilan murojaat qilingan. Natijada bitta shunday 5 litrli yog` qadoqlanadigan yashirin sex topilgan.

Yana bir firibgar tadbirkor Navoiy viloyatiga xuddi shunday yog` qadoqlab jo`natgan.

Hozir mazkur holat butun Respublika bo`yicha O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi tomonidan o`rganilmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: