Главная » Yangiliklar » Aqto`beda 52 nafar hamyurtimiz bilan yonib ketgan avtobus ishi sudga oshirildi

Aqto`beda 52 nafar hamyurtimiz bilan yonib ketgan avtobus ishi sudga oshirildi

Aqto`be viloyatida yuz bergan, 52 nafar o`zbekistonlikning halok bo`lishiga olib kelgan avtobus yong`ini bo`yicha jinoiy ish sudga oshirildi, deb xabar qilmoqda Qozog`iston Bosh prokuraturasi.

Tekshiruv organi ma`lumotiga ko`ra, bu ishda 5 kishi aybdor deb tan olingan, shulardan 3 nafari avtobus haydovchisi va ikki nafari "Aziya tranzit servis" kompaniyasi ishchisi.

Kompaniya avtobuslarni reysdan oldin ko`rikdan o`tkazish majburiyatini olgan bo`lgan.

Avtobuslar haydovchilariga nisbatan sud sanksiyasi bilan qamoqqa olish ehtiyot chorasi ko`rilgan, kompaniya rahbari va mexanigiga nisbatan garov ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Avtobus haydovchisi qamoqqa olish ehtiyot chorasi bilan xalqaro qidiruvga berilgan, deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, 18 yanvar kuni Chimkent-Samara avtotrassasida ichida 57 kishi bo`lgan avtobus yonib ketgandi. Yong`in oqibatida 52 nafar kishi halok bo`lgan, 3 nafar qozog`istonlik va 2 nafar o`zbekistonlik fuqaro omon qolgan.
Manba: Darakchi.uz



Новости «Aqto`beda 52 nafar hamyurtimiz bilan yonib ketgan avtobus ishi sudga oshirildi»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]