Главная » Yangiliklar » Aqto`beda yongan avtobus haydovchilari: yo`lovchilar omon qolishi mumkin edi
Aqto`beda yongan avtobus haydovchilari: yo`lovchilar omon qolishi mumkin edi

Aqto`beda yongan avtobus haydovchilari: yo`lovchilar omon qolishi mumkin edi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Aqto`beda yongan avtobus haydovchilari: yo`lovchilar omon qolishi mumkin edi
  • Дата релиза: 19-09-18, 10:55
Aqto`beda yongan avtobus haydovchilari: yo`lovchilar omon qolishi mumkin edi
Qozog`istonda yonib ketgan avtobus ishi bo`yicha sud majlisida fojiada omon qolgan haydovchilar so`roqqa tutildi. Avtobus haydovchilari o`z aybini tan olishmoqda va yong`indan omon qolgan o`zbekistonliklarni qo`shimcha so`roq qilishni talab qilishmoqda, deb xabar qildi Sputnik.

Haydovchilardan biri Nurjan Qirg`izbaev sud va prokurorga avtobus texnik soz bo`lgani, uning buzilishiga sifatsiz solyarka sabab bo`lganligi haqida gapirib bergan. Shuningdek, haydovchi, avtobus salonida uchta o`to`chirgich va oynalarni buzib tashqariga chiqish uchun to`rtta bolg`a bo`lganini aytgan.

"Yong`in boshlanganida, haydovchilar nega ulardan foydalanishmadi, men bilmayman. Ular shunday qilishlari mumkin edi", - degan sudlanuvchi.

O`z navbatida, haydovchining sherigi Maksat Pernebekovning ta`kidlashicha, yo`lovchilardan biri avto salonda plastik idishga solingan allaqanday suyuq yoqilg`ini to`kkan va shundan so`ng salon yonib ketgan.

Pernebekovning so`zlariga ko`ra, yong`in ro`y bergan vaqtda, u avtobus salonida bo`lmagan va shu bois, bo`lib o`tgan voqealarni yaxshi eslolmaydi. Chunki faqat kasalxonada o`ziga kelgan.

"Bizni buksirga olishi uchun bir avtobusni to`xtatdik, uning 22 yo`lovchisi bor edi. Ular bizga avtobusdagi yong`inni o`chirishga yordam berishmadi! Biz o`tni o`zimiz o`chirardik, avtobusdagilar esa joyidan qimirlamasdi, ularning ko`z o`ngida odamlar yonib ketayotganini tomosha qilib o`tirishardi! Biz o`sha to`xtatgan avtobusimizdan o`to`chirgichlarni oldik va yo`lovchilar tashqariga sakrab chiqishlari uchun oynalarni urib sindirdik, biz uch yoki to`rtta oynani sindirdik, ular nega sakrashmadi, men bilmayman", - degan o`z ko`rsatmalarida haydovchi.

Haydovchining aytishicha, yonayotgan avtobusdan chiqishga muvaffaq bo`lgan ikki yo`lovchi boshqa avtobusda yashiringan va u yoqdan turib yuz berayotgan hodisani tomosha qilgan.

"Yong`in endi boshlangan vaqtda, ular avtobusdan qochib chiqishgan! Ular salondan chiqishmadi, bizga yong`inni o`chirishga yordam berishmadi! Ularni taklif qiling, gapirib berishsin, nega bunday qilishganini. Endi hammasida biz aybdor bo`lib qolayapmiz", - deya o`z noroziligini bildirgan Pernebekov.

Jabrlanuvchilar Barak Tanatovdan, u yong`in vaqtida nima qilganligi haqida so`rashgan.

"Yong`in boshlanganda uyquda bo`lganman, chunki men ikkinchi haydovchi edim. Men ham bu yong`inda pullarimdan ayrildim. Quyi Novgorodga o`zimga mashina sotib olish uchun borayotgandim, pullarim yonib ketdi", - deb aytgan haydovchi.

Shundan so`ng jabrlanuvchilar avtobus yo`lovchilari ro`yxati qaerdaligini so`rashgan. "Bilmayman", degan javobni eshitgach esa, baqirib, haydovchini qarg`ashga tushganlar.

"Biz yong`in ro`y bergan vaqtda avtobus ichida kimlar bo`lganini bilmaymiz, ro`yxat yonib ketgan, balki kimdir yo`lda tushib, omon qolgandir, agar ro`yxat bo`lganida, bu holatga balki oydinlik kiritish mumkin bo`lardi", - deb aytgan jabrlanuvchilardan biri.

Jabrlanuvchilar sud zalida yo`q, ular Turkiston viloyatidalar va jarayonda Sariag`ash shahrining tuman sudidan videoaloqa orqali qatnashishmoqda, deb yozadi nashr.

Bo`lib o`tgan oldingi sud majlislaridan birida, 18 yanvar kuni Samara-Shimkent trassasida avtobusda halok bo`lgan o`zbekistonlik fuqarolarning qarindoshlari, yuz bergan hodisa bo`yicha ma`lum qilingan rasmiy versiyaga ishonmasliklarini bildirishgan. Ularning bunday deyishlariga jasadlarning yo`qligi, yopiq tobutlar, shuningdek, Aqto`bedagi sud jarayonida tirik qolgan ikki yo`lovchining ishtirok etmayotgani asos bo`lib xizmat qilgan.

"Biz o`sha fojia yuz bergan joyda bo`lmaganmiz. Kim aybdorligi faqat Allohga ayon", - deb ta`kidlashgan o`zbekistonliklar.

Bundan tashqari, qarindoshlarning so`zlariga ko`ra, halok bo`lgan o`zbekistonliklarning telefonlari haligacha ishlamoqda, ammo o`sha raqamlarga telefon qilib tusha olmadik, deb yozadi nashr.

Fojia joriy yilning 18 yanvarida Samara - Shimkent trassasining 1068-kilometrida ro`y bergan. Harakatda bo`lgan Kassbohrer Setra yo`lovchi avtobusi yonib ketgan. Avtobus ichida 55 nafar o`zbekistonlik va uch nafar haydovchi - Qozog`iston fuqarolari bo`lishgan.

Jabrlanuvchilarning besh nafari yonayotgan avtobus salonidan chiqishga muvaffaq bo`lganlar, qolganlari tiriklay yongan.

Haydovchilar Barat Tanatarov, Nurjan Qirg`izbaev va Maksat Pernebekovlarni yong`in xavfsizligi qoidalarini hamda transport ekspluatasiyasi qoidalarini buzganlikda ayblashmoqda.

Ularni 10 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: