Главная » Futbol yangiliklari » Argentina Belgiyani mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi
Argentina Belgiyani mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

Argentina Belgiyani mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: Argentina Belgiyani mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi
  • Дата релиза: 06-07-14, 18:43
Argentina Belgiyani mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi
JCh-2014 chorak finalidan o‘rin olgan Argentina — Belgiya uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Murosasiz kechgan bahsda Yevropa qit’asi vakillari mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvning 8-daqiqasidayoq argentinaliklar hisobni ochishdi. Iguain Kompanining qaytargan to‘pini egallab oldi va to‘pga havoda zarba yo‘lladi, 1:0.

Mazkur goldan so‘ng argentinaliklar o‘yinni cho‘zish va belgiyaliklarning shashtini tushirish bilan band bo‘lishdi. Di Mariyaning jarohat olib maydonni tark etgani birinchi bo‘limdagi eng muhim voqealardan biri bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda Belgiya kerakli o‘zgartirishlar qilganiga qaramasdan, jamoa raqib jarima maydoniga to‘pni qanotdan tashlashdan boshqa narsani uddalay olmadi.

Shu tariqa Argentina kichik hisobda Belgiyani mag‘lub etdi va JCh-2014 yarim finaliga yo‘l oldi. Ularga Gollandiya hamda Kosta-Rika bahsi g‘olibi final uchun kurashda raqiblik qiladi.
Логин:
Пароль: