Главная » Futbol yangiliklari » Argentinalik futbolchilar Messi va Maskerano bolalar onkologiya markaziga 134 ming dollar hadya qildi
Argentinalik futbolchilar Messi va Maskerano bolalar onkologiya markaziga 134 ming dollar hadya qildi

Argentinalik futbolchilar Messi va Maskerano bolalar onkologiya markaziga 134 ming dollar hadya qildi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: Argentinalik futbolchilar Messi va Maskerano bolalar onkologiya markaziga 134 ming dollar hadya qildi
  • Дата релиза: 18-07-14, 01:40
Argentinalik futbolchilar Messi va Maskerano bolalar onkologiya markaziga 134 ming dollar hadya qildi
Argentina terma jamoasi futbolchilari Lionel Messi va Xavyer Maskerano JCh — 2014’da qo‘lga kiritgan sovrinlari hisobidan Buenos-Ayresdagi bolalar onkologiya markaziga 134 ming dollar ajratdi. Bu haqda Diario Veloz nashri xabar berdi.

Terma jamoa 14-iyul kuni Argentinaga qaytib, mamlakat prezidenti Kristina Kirshner bilan uchrashdi. Uchrashuvdan so‘ng Messi va Maskerano professor Xuan Garraxanning Milliy bolalar onkologik shifoxonasiga 134 ming dollar o‘tkazishini ma’lum qildi. Mablag‘ futbolchilarning mundialdagi ishtiroki uchun berilgan mukofot pulidan ajratildi.

JCh — 2014’da argentinaliklar ikkinchi o‘rinni egallagani uchun FIFA tomonidan Argentina futbol assotsiatsiyasiga 25 million dollar mukofot puli berildi. Bu mablag‘dan futbolchilarga qanchasi tekkani hozircha noma’lum.
Логин:
Пароль: