Главная » Futbol yangiliklari » Arsen Venger: Hozir "Lester"ga butun mamlakat muxslislik qilmoqda
Arsen Venger: Hozir

Arsen Venger: Hozir "Lester"ga butun mamlakat muxslislik qilmoqda

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: Arsen Venger: Hozir "Lester"ga butun mamlakat muxslislik qilmoqda
  • Дата релиза: 08-02-16, 20:55
Arsen Venger: Hozir "Lester"ga butun mamlakat muxslislik qilmoqda
"Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Arsen Vengerning qayd yetishicha, "Lester" jamoasi Angliya chempionatidagi barcha jamoalarga yaxshi namuna bo'lmoqda. U Klaudio Raneri shogirdlarining 25 turda safarda turnirning asosiy favoritlaridan biri "Manchester Siti"ni 3:1 hisobida mag'lub yetib qaytgach va ikkinchi o'rindagi "Tottenhem" jamoasidan 5 ochko oldimlab ketgach, bu jamoa haqidagi o'z fikrlarini bildirib o'tdi. "Lester"ning bir ustunligi bor, bu ustunlik jamoada mavsum oxirigacha saqlanib qolishi mumkin. Bu ustunlik shundaki, bu jamoani "Arsenal" va "Manchester Siti" muxlislaridan tashqari mamlakatdagi boshqa barcha muxlislar qo'llab-quvvatlamoqda. Siz mendan qishki transferlarda "Arsenal"ga yangi futbolchilar qo'shib olmaganim uchun gina qilishingiz mumkin. Lekin, qishki transferlar vaqtida saviyali futbolchi sotib olishning deyarli iloji bo'lmaydi. Men o'ylaymanki, "Lester"ning tarkib borasidagi ishlari joyida. "Tulkilar" tarkibida jarangdor nomlar, yulduz futbolchilar yo'q. Siz yesa tag'in mendan yulduzlarni sotib olishni talab qilasizmi? "Lester" yesa hamma gap pulda va tarkibga yuqori darajadagi futbolchilarni qo'shib olishda yemasligini ko'rsatmoqda. Bu jamoaning natijalari jamoaviy o'yinning tartibli ravishda yo'lga qo'ygani yevazigadir. "Lester" Angliya chempionti jamoalari uchun yaxshi namuna ko'rsatmoqda", deydi murabbiy goal.com nashriga. Ma'lumot uchun, ayni vaqtda "Lester" 53 ochko bilan turnir peshqadami bo'lib turibdi. Arsen Venger boshqaruvidagi "Arsenal" yesa bitta o'yin kam o'tkazgan holda 45 ochko bilan to'rtinchi o'rinda joylashgan.
Логин:
Пароль: