Главная » Futbol yangiliklari » «Arsenal» safarda «Bornmut»ni yengib, turnir jadvalida «Manchester Siti»ni quvib o'tdi
«Arsenal» safarda «Bornmut»ni yengib, turnir jadvalida «Manchester Siti»ni quvib o'tdi

«Arsenal» safarda «Bornmut»ni yengib, turnir jadvalida «Manchester Siti»ni quvib o'tdi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: «Arsenal» safarda «Bornmut»ni yengib, turnir jadvalida «Manchester Siti»ni quvib o'tdi
  • Дата релиза: 08-02-16, 20:50
«Arsenal» safarda «Bornmut»ni yengib, turnir jadvalida «Manchester Siti»ni quvib o'tdi
Angliya chempionati 25 turi doirasida 7 fevral kuniga belgilangan «Arsenal» va «Bornmut» uchrashuvi yakunlandi. Ushbu safar uchrashuvidan londonliklar 2:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytishdi. Birinchi bo'limning 23 va 24 daqiqalarida Mesut O'zil va Oksleyd-Chemberlen tomonidan urilgan gollar jamoaning xotirjamlik bilan g'alaba qozoniishi uchun kifoya qildi. Endilikda "gunnerlar" 48 ochko to'plagan holda "Lester"dan mag'lubiyatidan keyin 47 ochkosi bilan qolgan "Manchester Siti"ni quvib o'tgan holda uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Ayni vaqtda turnir jadvalida "Lester" 53 ochko bilan birinchi o'rinda. "Arsenal" bilan bir xil miqdorda ochko jamg'argan "Tottenhem" yesa to'plar nisbatidagi ustunlik yevaziga ikkinchi o'rinda turibdi. Keyingi turda "Arsenal" "Lester" bilan hisob-kitob qiladi, "Tottenhem" yesa "Manchester Siti" maydoniga safar qiladi. 25 tur doirasidagi yana bir uchrashuv "Manchester Yunayted" va "Chelsi" o'rtasida bir necha daqiqalardan keyin boshlanadi. Bornmut – Arsenal 0:2 Gollar: 0:1 – 23 O'zil, 0:2 – 24 Oksleyd-Chemberlen. Bornmut – Boruts, Frensis, Deniels, Smit, Kuk, Gosling (King, 66), Serman, Arter, Ritchi (Stanislas, 66), Pyu, Afobe (Grebben, 77). Arsenal – Chex, Gabriel, Monreal, Belerin, Koselni, Flamini, Remzi, Ozil, Oksleyd-Chemberlen (Koklen, 67), Sanches (Gibbs, 82), Jiru (Uolkott, 90). Ogohlantirish: Flamini (9).
Логин:
Пароль: