Главная » Yangiliklar » Bahrom Nazarov nima uchun san`at institutini tashlab ketgani haqida so`zlab berdi
Bahrom Nazarov nima uchun san`at institutini tashlab ketgani haqida so`zlab berdi

Bahrom Nazarov nima uchun san`at institutini tashlab ketgani haqida so`zlab berdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Bahrom Nazarov nima uchun san`at institutini tashlab ketgani haqida so`zlab berdi
  • Дата релиза: 25-02-17, 10:28
Bahrom Nazarov nima uchun san`at institutini tashlab ketgani haqida so`zlab berdi
Xonanda Bahrom Nazarov “Darakchi” gazetasining “10 qaltis savol” loyihasi mehmoni bo`ldi. Loyiha davomida xonandaga turli qaltis savollar berildi. Xususan, “Tanlagan kasb sirlarini mukammal egallab ijod qilish uchun o`sha soha bo`yicha tahsil olish kerak, yo men yanglishyapmanmi?” degan savolga Bahrom Nazarov quyidagicha javob berdi:

“To`g`riku-ya, lekin san`atda ko`proq mehnat qilib, izlanishning o`zi kifoya, tahsil olish shartmas. Chunki manaman, degan san`atkorlarimizning ko`pchiligi ham musiqa sohasida tahsil olmagan. O`n bir yil avval hozirgi O`zbekiston Davlat san`at va madaniyat institutiga o`qishga qabul qilingandim. Biroq sharoitim to`g`ri kelmagani bois tashlab ketishga majbur bo`lganman. Nasib bo`lsa, shu yil yana o`qishga hujjat topshirib, imkoniyatim borida o`qib olmoqchiman”.

Bahrom Nazarovning qaltis savollarga to`liq javoblarini “Darakchi”ning 23 fevral kuni sotuvga chiqqan yangi sonida o`qishingiz mumkin.
Логин:
Пароль: