Главная » Futbol yangiliklari » "Barselona" 23 tur uchrashuvida "Levante"ni mag'lub yetib qaytdi

"Barselona" 23 tur uchrashuvida "Levante"ni mag'lub yetib qaytdi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: "Barselona" 23 tur uchrashuvida "Levante"ni mag'lub yetib qaytdi
  • Дата релиза: 08-02-16, 20:52
"Barselona" 23 tur uchrashuvida "Levante"ni mag'lub yetib qaytdi
Ispaniya chempionatining 23 turida "Barselona" jamoasi "Levante" maydoniga safar qildi va 2:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytdi. O'yinning birinchi taymida mezbonlar himoyachisi David Navarro to'pni o'z darvozasiga kiritib qo'ydi - 0:1. O'yinga qo'shib berilgan daqiqalarda yesa "Barselona" to'purari Luis Suares yakuniy hisobni o'rnatdi - 0:2. Endilikda kataloniyaliklar hisobidagi ochkolar soni 54taga yetgan va jamoaning turnir jadvalidagi peshqadamligi mustahkamlangan. Kataloniyaliklarda yana bitta zaxira o'yini mavjud. "Levante" yesa 17 ochko bilan so'nggi pog'onada joylashgan. Qayd yetish kerakki, bu g'alabali o'yin jamoa murabbiyi Luis Yenrikening "ko'k-anorranglilar" boshqaruviga kelganidan beri o'tkazgan yuzinchi o'yini va 80- g'alabasi bo'ldi. Ispaniya chempionati, 23-tur “Levante” - “Barselona” – 0:2 Gollar: Navarro (22-avtogol), Suares (90+2) Ogohlantirishlar: Feddal (23), Navarro (57), Lerma (66), Lopes (83) - Pike (29), Alves (63), Buskets, (89) “Levante”: Marino, Tono, Feddal, Navarro (Gilas, 69), Ivan Lopes, Simao, Versa (Kuero, 77), Morales, Lerma, Rossi, Deyverson (Kamarasa, 69) “Barselona”: Bravo, Pike, Alba, Serji Roberto, Dani Alves (Vidal, 74), Maskerano, Rakitich (Buskets, 68), Inesta, Neymar, Messi, Suares.
Логин:
Пароль: