Главная » Futbol yangiliklari » «Barselona» o'tgan mavsumda rekord darajada daromad qildi
«Barselona» o'tgan mavsumda rekord darajada daromad qildi

«Barselona» o'tgan mavsumda rekord darajada daromad qildi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: «Barselona» o'tgan mavsumda rekord darajada daromad qildi
  • Дата релиза: 29-07-14, 23:19
«Barselona» o'tgan mavsumda rekord darajada daromad qildi
«Barselona» vitse-prezident Xaver Faus jamoaning 2013/14-yilgi mavsumdagi moliyaviy hisobotini taqdim etdi.

Kataloniyaliklar o'tgan mavsumda 530 million evro daromad topishdi. Bu ko'rsatkich avvalgi mavsumga (2012/13) nisbatan ko'p bo'lib, o'shanda «Barselona» 490 million evro miqdorida daromad qilgandi.

O'tgan mavsumdagi «Barsa»ning sof foydasi 41 million evroni tashkil qildi. Bu klub tarixidagi ikkinchi ko'rsatkich hisoblanadi (mavsum-2011/12da - 49 million evro). Hozirgi rahbariyat boshqaruvida klubning umumiy foydasi 113 million evroga etdi.

2013/14-yilgi mavsumda kataloniyaliklarning sof qarzlari 44 million evroga kamaydi. Hozirgi rahbariyat davrida jamoaning umumiy qarzi 143 million evroga kamaygan.
Логин:
Пароль: