Главная » Futbol yangiliklari » Braziliyadagi Jahon Chempionati-2014’da Ravshan Ermatov jahon rekordini o‘rnatishi mumkin.
Braziliyadagi Jahon Chempionati-2014’da Ravshan Ermatov jahon rekordini o‘rnatishi mumkin.

Braziliyadagi Jahon Chempionati-2014’da Ravshan Ermatov jahon rekordini o‘rnatishi mumkin.

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: Braziliyadagi Jahon Chempionati-2014’da Ravshan Ermatov jahon rekordini o‘rnatishi mumkin.
  • Дата релиза: 06-06-14, 20:55
Braziliyadagi Jahon Chempionati-2014’da Ravshan Ermatov jahon rekordini o‘rnatishi mumkin.
Braziliyada futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlanishiga 8 kun qoldi. Fransiyalik Joel Kinyu, meksikalik Benito Archundia va urugvaylik Xorxe Larrionda boshqa arbitrlardan ko‘ra ko‘proq musobaqalarga hakamlik qilib, jahon birinchiligi tarixiga kirishgan.

Kinyu 1994-yilda to‘rtta musobaqani o‘tkazgan. Benito Archundia esa 2006-yilda bitta final turnirda beshta matchga hakamlik qilib, jahon chempionatlari rekordini o‘rnatgan.Oradan to‘rt yil o‘tib, o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov uning muvaffaqiyatini takrorladi.

Braziliyada rekordchi hakamlardan o‘zib ketish imkoniyati o‘zbek referisi Ravshan Ermatov va angliyalik Govard Uebbda mavjud. Ermatov Janubiy Afrika Respublikasidagi jahon birinchiligida beshta o‘yinni boshqargan bo‘lsa, Uebb o‘tgan galgi turnirda to‘rtta matchga hakamlik qilgan.
Логин:
Пароль: