Главная » Yangiliklar » Bundan 8 yil oldin yopib qo`yilgan O`zbekiston-Tojikiston chegara-bojxona posti ochildi
Bundan 8 yil oldin yopib qo`yilgan O`zbekiston-Tojikiston chegara-bojxona posti ochildi

Bundan 8 yil oldin yopib qo`yilgan O`zbekiston-Tojikiston chegara-bojxona posti ochildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Bundan 8 yil oldin yopib qo`yilgan O`zbekiston-Tojikiston chegara-bojxona posti ochildi
  • Дата релиза: 12-02-18, 16:19
Bundan 8 yil oldin yopib qo`yilgan O`zbekiston-Tojikiston chegara-bojxona posti ochildi
Farg`ona viloyati Beshariq tumanidagi “Andarxon” xalqaro maqomga ega bo`lgan chegara-bojxona posti ochildi, deya xabar qildi O`zA. Bu esa o`zbek va tojik xalqlari do`stligi, jipsligi hamda hamjihatligi yo`lida navbatdagi muhim qadam bo`ldi.

Bundan sakkiz yil oldin yopilgan O`zbekiston —Tojikiston chegarasida joylashgan “Andarxon” chegara-bojxona postining ochilishi aholi uchun katta qulayliklarni yaratmoqda. Bu erda aholiga soddalashtirilgan tartibda chegaradan o`tish tizimi joriy qilindi. O`zaro borish-kelishdagi to`siqlar, ortiqcha rasmiyatchiliklarga barham berilayotgani, ayniqsa, asrlar davomida elkadosh yashayotgan ikki xalq aholisini behad quvontirdi. Endilikda bu erda telegramma va taklif xatisiz bemalol harakatlanish mumkin.

— Haqiqatdan ham ikki qo`shni xalq o`rtasidagi to`siqlar sababli qarindosh-urug`larimiz bilan bordi-keldi uzilib qolgan edi, – deydi Beshariq tumanidagi “Qiyali” mahalla fuqarolar yig`ini raisi Ulug`bek Qo`chqorov. – Hatto to`y-ma`rakalarda ham qatnasha olmasdik. Axir biz asrlar davomida qo`shni bo`lib yashaganmiz, bordi-keldilarimiz mustahkam bo`lgan. Mana bu postning ochilishi ham aholi uchun katta imkoniyat bo`ldi. Bu kunni barchamiz intiqlik bilan kutganmiz. Barchamiz yaqinlarimiz bilan diydorlashdik.

Bu erda bir kunda 650 nafar fuqarolarning harakatlanganini o`zi ham barcha uchun katta qulaylik bo`lganidan dalolatdir.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: