Главная » Futbol yangiliklari » «Bunyodkor» Ar-Riyodda
«Bunyodkor» Ar-Riyodda

«Bunyodkor» Ar-Riyodda

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: «Bunyodkor» Ar-Riyodda
  • Дата релиза: 20-05-14, 11:43
«Bunyodkor» Ar-Riyodda
12 may kuni erta tongda Toshkentdan Ar-Riyod tomon yo'lga chiqqan “Bunyodkor” FK delegatsiyasi Dubay orqali Saudiya Arabistoniga etib keldi.

“Qaldirg'ochlar” Toshkent-Dubay-Ar Riyod yo'nalishi bo'yicha parvoz qilishib, Saudiya Arabistoni poytaxtiga mahalliy vaqt bilan 17:00 (Toshkentda 19:00 bo'ladi)da etib kelishdi.

Jamoamizni Ar-Riyod xalqaro aeroportida “Al-Hilol” FK vakillari kutib olishdi. “Bunyodkor” FK “Marriot” mehmonxonasiga joylashdi.

Murabbiylar shtabi quyidagi futbolchilarni Saudiya Arabistoniga olib kelishgan.

Darvozabonlar – Akbar To'raev, Murodjon Zuxurov
Himoyachilar – Akmal Shorahmedov, Xayrulla Karimov, Sergey Simonenko, Anvar G'ofurov, Bobirjon Akbarov
Yarim himoyachilar – Alibobo Rahmatullaev, Dilshod Jo'raev, Javlon Ibrohimov, Sardor Sobirxo'jaev, Sardor Rashidov, Karles Koto, Oleg Zoteev
Hujumchilar – Bahodir Pardaev, Oleksandr Pishur, Voxid Shodiev, Anvar Berdiev

Eslatib o'tamiz, Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 finali javob uchrashuvi doirasidagi “Al-Hilol” – “Bunyodkor” uchrashuvi 14 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:00 (Toshkentda 23:00 bo'ladi)da boshlanadi.
Логин:
Пароль: