Главная » Yangiliklar » Chevrolet Cobalt’ni bozordan vaqtida qaytarib olmagani uchun General Motors 35 mln dollar jarima to‘laydi
Chevrolet Cobalt’ni bozordan vaqtida qaytarib olmagani uchun General Motors 35 mln dollar jarima to‘laydi

Chevrolet Cobalt’ni bozordan vaqtida qaytarib olmagani uchun General Motors 35 mln dollar jarima to‘laydi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Chevrolet Cobalt’ni bozordan vaqtida qaytarib olmagani uchun General Motors 35 mln dollar jarima to‘laydi
  • Дата релиза: 22-05-14, 22:08
Chevrolet Cobalt’ni bozordan vaqtida qaytarib olmagani uchun General Motors 35 mln dollar jarima to‘laydi
Amerikaning General Motors avtokonserni o‘t oldirish tizimidagi kamchilik tufayli Chevrolet Cobalt avtomobilini o‘z vaqtida qaytarib olmagani uchun 35 million dollar miqdorida jarima to‘lashga rozi bo‘ldi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.

Avvalroq Amerikaning Trassalardagi harakat xavfsizligi milliy boshqarmasi GMga nisbatan 1,6 million dona avtomobilni qaytarib olish bo‘yicha tergov ishini boshlagan edi.

Qonunchilikka ko‘ra, GM transport departamentini avtomobillardagi harakat xavfsizligi bilan bog‘liq nuqsonlar haqida besh kun muddat ichida xabardor qilishi, so‘ng avtomobillarni qaytarib olishi lozim. Avtokonsern esa ushbu talablarni bajarmaganlikda ayblanmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2005—2010-yillarda ishlab chiqarilgan Chevrolet Cobalt’ning o‘t oldirish tizimidagi nosozlik tufayli avtomobil tizimlari o‘chib qolishi mumkin. Notekis yuzada harakatlanish chog‘ida o‘t oldirish qulfidagi kalit buralib ketib, avtomobil tizimlari, jumladan xavfsizlik yostiqlari ham blokirovka bo‘lib qolishi mumkin.

Kompaniyaga 34 ta avtohalokatda 12 kishi qurbon bo‘lgani haqida ma’lumot kelib tushgan. Ular ushbu nosozlik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Логин:
Пароль: