Главная » Yangiliklar » Chevrolet Trackerning narxi ma'lum bo'ldi
Chevrolet Trackerning narxi ma'lum bo'ldi

Chevrolet Trackerning narxi ma'lum bo'ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Chevrolet Trackerning narxi ma'lum bo'ldi
  • Дата релиза: 10-12-18, 13:08
Chevrolet Trackerning narxi ma'lum bo'ldi
O`zbekiston OAVlarida Chevrolet Tracker avtomobilining dastlabki narxlari paydo bo`ldi.

“O`zavtosanoat”dagi manbaaning xabariga ko`ra, Chevrolet Tracker dilerlar salonlarida bir necha kun ichida paydo bo`ladi. Hozircha, avtomobil 2ta komplektasiyada sotuvga chiqariladi:

Chevrolet Tracker LT (1pozisiya) – 185 mln so`m, mexanika korobka, kondisioner, 4ta audio dinamik, elektr oynalar, 4ta xavfsizlik yostiqchasi, ABS va ESP StabiliTrak tizimlari bilan jihozlanadi.

Chevrolet Tracker LTZ AT (2 pozisiya) – 215 mln so`m, avtomat korobka, lyuk, charm o`rindiqlar, «start-stop» tizmi, Bluetooth orqali smartfonga ulanishi mumkin bo`lgan, 7” ekranli Bose audio va navigasiya tizimi.

Xabarda aytilishiga ko`ra, Chevrolet Tracker bir necha oy oldin ishlab chiqarishi to`xtatilgan Chevrolet Captiva o`rnini bosishi kerak. Yil oxiriga qadar 1500 dona avtomobillar partiyasini sotish rejalashtirilgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: