Главная » Futbol yangiliklari » Diego Kosta finalgacha tiklanish uchun Belgradlik tabib ayol qabuliga uchdi
Diego Kosta finalgacha tiklanish uchun Belgradlik tabib ayol qabuliga uchdi

Diego Kosta finalgacha tiklanish uchun Belgradlik tabib ayol qabuliga uchdi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: Diego Kosta finalgacha tiklanish uchun Belgradlik tabib ayol qabuliga uchdi
  • Дата релиза: 21-05-14, 09:56
Diego Kosta finalgacha tiklanish uchun Belgradlik tabib ayol qabuliga uchdi
"Atletiko" hujumchisi Diego Kosta Ispaniya chempionatining so'nggi turida "Barselona"ga qarshi o'yinda (1:1) jarohat olgan edi.

Futbolchining tizza osti paylarini cho'zilgan bo'lib, uning EChL finalida qatnashishi so'roq ostida edi.

Shuning uchun 25 yoshli futbolchi davolanishni tezlashtirish maqsadida Belgradlik taniqli tabib ayol Maryana Kovachevich huzuriga uchdi. Tabib ayol jarohat olgan sportchilarni otning yo'ldoshi asosidan olingan malham bilan davolaydi, deya xabar beradi El Mundo Deportivo.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Dingo Kostaning ikki haftaga safdan chiqqanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ta'kidlash joiz, Maryana Kovachevich Frenk Lempard, Robin van Persi, Vensan Kompani, Deyan Stankovich va Yossi Benayun kabi taniqli futbolchilarni davolagan.
Логин:
Пароль: