Главная » Futbol yangiliklari » «Dinamo» xayriya tadbirini o'tkazdi
«Dinamo» xayriya tadbirini o'tkazdi

«Dinamo» xayriya tadbirini o'tkazdi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: «Dinamo» xayriya tadbirini o'tkazdi
  • Дата релиза: 27-07-14, 18:33
«Dinamo» xayriya tadbirini o'tkazdi
Yil davomida bir qator xayrli ishlarga qo'l urib kelayotgan «Dinamo» klubi, xayr va savovat oyi sanalmish muqaddas Ramazon oyida yana bir xayrli ishga qo'l urdi. Shanba kuni klub qarorgohida iftorlik dasturxoni yozildi.

Ushbu xayrli tadbirda faxriy mehmonlar qatorida Samarqand shahridagi 10-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari taklif etildi. Ushbu tadbir o'tkazilishidan maqsad, mehrga tashna bolalarga bayram tashkil etib berish bilan birga «Sog'lom bola yili» davlat dasturi asosida kelajagimiz bo'lmish ushbu o'g'il-qizlarning sport bilan muntazam shug'ullanishlari uchun sport anjomlari bilan ta'minlash edi. Marosimning birinchi qismida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari «Dinamo» jamoasi a'zolari bilan ko'rgazmali o'yin o'tkazishgan bo'lishsa, so'ng «Dinamo» stadionida ekskursiya tashkil etilib, o'yingohda futbolchilar bilan birga esdalik uchun suratga tushishdi.

Tadbirning asosiy qismi esa iftorlik dasturxoni atrofida o'tib, marosimda yig'ilgan faxriy mehmonlar, klub rahbarlari va futbolchilar Mehribonlik uyining 40 nafar tarbiyalanuvchilariga futbol bilan muntazam shug'ullanishlari uchun sport formalari va epikirovkalarini sovg'a qilishdi. Shuningdek, «Dinamo» klubi futbolchilari dastxati va ramzi tushirilgan futbolka va to'p topshirildi.

«Men kelajakda futbolchi bo'lib etishishni orzu qilaman» - deya gap boshladi tadbirda ishtirok etgan 10 yoshli Davlatbek.

«Sevimli «Dinamo» jamoamizning bizga bo'lgan e'tiboridan boshimiz ko'kka etdi. Futbolchilarga qarshi o'yin va «Dinamo» stadionidan katta taassurotlar oldik. Sovg'alar va mana shunday bayram uchun tashkilotchilarga rahmat aytamiz» - deydi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi.

Marosim so'nggida esa o'tganlar haqiga tilovat qilinib, duoga qo'l ochildi. O'z navbatida bolalar uyi va klub futbolchilari o'rtasida mana shunday uchrashuvlarni tez-tez tashkil etish bo'yicha kelishib olindi.
Логин:
Пароль: