Главная » Yangiliklar » Dunyoning eng keksa erkagi aniqlandi
Dunyoning eng keksa erkagi aniqlandi

Dunyoning eng keksa erkagi aniqlandi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Dunyoning eng keksa erkagi aniqlandi
  • Дата релиза: 11-04-18, 19:26
Dunyoning eng keksa erkagi aniqlandi
Sayyoramizning eng keksa erkagi sifatida Yaponiyada yashovchi 112 yoshli Masadzo Nonaka (Masazo Nonaka) tan olindi, deb xabar berdi lenta.ru nashri Ginnessning rekordlar Kitobi sayti ma`lumotiga tayangan holda.

Xokkaydo orolida yashovchi erkak 1905 yilning 25 iyulida dunyoga kelgan. Uning etti nafar aka-ukasi va bir nafar opasi hamda besh farzandi bor. Erkak allaqachon nafaqaga chiqqan. Asosiy vaqtini televizor ko`rish, gazeta o`qish va shirinliklar iste`mol qilish bilan o`tkazadi. Nonaka farzandlari davrasida o`tirishni ham xush ko`radi.

Nonakoga qadar dunyoning eng keksa erkagi unvoniga Ispaniyada yashovchi 113 yoshli Fransisko Nunes Oliveyra (Francisco Núñez Olivera) sazovor bo`lgandi. U 2018 yilning 29 yanvarida olamdan o`tdi.

Ginnesning rekordlar kitobi tarixida dunyoning eng keksa insoni sifatida 122 yoshli fransiyalik Jan Luiz Kalman qayd etilgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: