Главная » 2018 » Июнь » 12 » Ehtiyojmand 380 oilaga moddiy yordam berildi
19:33
Ehtiyojmand 380 oilaga moddiy yordam berildi


Muborak Ramazon oyida mehr-oqibat, xayr-saxovat, hamjihatlik va bag`rikenglik kabi xalqimizga xos azaliy qadriyatlar yanada keng namoyon bo`ladi.

Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Toshkent viloyati kengashi tomonidan ham qator xayrli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, viloyatda mavjud 30 muqaddas qadamjo va 797 qabriston tartibga keltirilib, obodonlashtirilgan. Ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar har tomonlama qo`llab-quvvatlanib, yolg`iz keksalar, boquvchisini yo`qotganlar, bemor va nogironlar holidan muntazam xabar olinmoqda. Shu kunga qadar shu toifadagi aholining 380 nafariga 95 million so`mlik moddiy yordam ko`rsatilgan. 1 ming 200 dan ortiq kishiga 72 million so`mlik oziq-ovqat mahsulotlari berilgan. Shuningdek, mahallalarda Ramazon oyining mazmun-mohiyati, oilalarda mehr-oqibat, o`zaro hurmat muhitini mustahkamlashga qaratilgan targ`ibot tadbirlari tashkil etilib, iftorlik marosimlarini kamchiqim va isrofgarchiliksiz o`tkazish bo`yicha tavsiyalar berilmoqda.

– Muborak oy oxirlab, Ramazon hayiti yaqinlashmoqda, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati bo`limi ijrochi direktori A.Umarov. – Kuni kecha bu borada davlatimiz rahbarining “Ramazon hayitini nishonlash to`g`risida”gi qarori ham qabul qilindi. Shu munosabat bilan Ramazon hayitini munosib nishonlashga puxta hozirlik ko`rilmoqda. Uch kun davom etadigan hayit bayrami kunlari ijtimoiy himoyaga muhtoj 1000 dan ziyod fuqaroning holidan xabar olish, ularga kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlari ulashish rejalashtirilgan.
Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | | Добавил: Админ | Теги: Ehtiyojmand 380 oilaga moddiy yorda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]