Главная » Futbol yangiliklari » El-Shaaraviyning akasi uning "Milan"da qolishini aytmoqda
El-Shaaraviyning akasi uning

El-Shaaraviyning akasi uning "Milan"da qolishini aytmoqda

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: El-Shaaraviyning akasi uning "Milan"da qolishini aytmoqda
  • Дата релиза: 27-07-14, 18:12
El-Shaaraviyning akasi uning "Milan"da qolishini aytmoqda
"Milan" hujumchisi Stefan El-Shaaraviyning akasi va agenti Manuel El-Shaaraviy futbolchining ushbu yozda klubini tark etmasligini ma'lum qildi.

21 yoshli futbolchiga "Real" qiziqish bildirdi va 16 million evro taklif qilgan edi. O'tgan mavsumda El-Shaaraviy 6 uchrashuvdagina ishtirok etdi va deyarli butun mavsumni o'tkazib yubordi.

"El-Shaaraviyga "Real" qiziqqanidan xabarim bor, - deya Manuel El-Shaaraviyning so'zlarini keltiradi Tribal Football. - Ammo, aniq aytishim mumkinki, Stefan "Milan"da qoladi. U maydonga qatishga hozirlik ko'rishi kerak, maydon "San-Siro"niki bo'ladi. El-Shaaraviyning Indzagi bilan muomalasi har doim zo'r bo'lib kelgan, Indzagi unga va uning kuchiga ishonib kelgan".
Логин:
Пароль: