Главная » Yangiliklar » Endi yo`lkirani naqdsiz ham to`lash mumkin
Endi yo`lkirani naqdsiz ham to`lash mumkin

Endi yo`lkirani naqdsiz ham to`lash mumkin

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Endi yo`lkirani naqdsiz ham to`lash mumkin
  • Дата релиза: 13-01-18, 08:40
Endi yo`lkirani naqdsiz ham to`lash mumkin
“MyAirGroup IT Service” mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan onlayn nazorat-kassa mashinalari ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. Dastlabki uskunalar ayni paytda savdo do`konlari, mehmonxonalar, avtomobillarga yonilg`i quyish shoxobchalari va dorixonalarda sinovdan o`tkazilmoqda.

Milliy matbuot markazida o`tkazilgan anjumanda shular xususida ma`lumotlar berildi.

Prezidentimizning 2017 yil 29 sentyabrdagi “Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo`llash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori asosida amaliyotga joriy qilinayotgan mazkur mashinalar bir qator afzalliklarga ega. Ya`ni ular bir vaqtning o`zida hisobga olish ombori, hisobchi, savdo tahlilchisi, kassachi ishi nazoratini olib boradi.

TM “UZOFD” fiskal ma`lumotlar operatori onlayn nazorat-kassa mashinasidan kelayotgan ma`lumotlarni qabul qiladi, ularni yig`adi, saqlaydi, qayta ishlaydi va O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasiga elektron shaklda uzatadi.

Hozirgi kunda onlayn nazorat-kassa mashinalaridan 50 dan ortiq tadbirkorlik sub`ektlari o`z faoliyatida qo`llayotgan bo`lsa, joriy yilning 1 martigacha 1000 ta ana shunday uskunani sinovdan o`tkazish, yil oxiriga qadar to`liq ishga tushirish rejalashtirilgan. Ma`lumotlarga ko`ra, “MyAirGroup IT Service” MChJ yiliga 360 mingta NKM ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Korxonaning malakali IT-mutaxassislari tomonidan jamoat transportida yo`lkira haqini avtomatlashtirilgan tizim orqali to`lashga mo`ljallangan validatorlar ham ishlab chiqarildi. Shuningdek, infokiosklarda transport kartalarini to`ldirish hamda yo`lovchilarni tekshirish uchun mo`ljallangan chiptachi xodim/nazoratchi uchun mobil terminallar ham tatbiq etilmoqda. Endi maxsus uskuna orqali yo`lkira haqini NFC (kontaktsiz tranzaksiya) transport kartalari yordamida to`lash mumkin.

Bugungi kunda Andijon, Guliston, Farg`ona shaharlaridagi yuzlab avtobuslarga ana shunday qurilmalar o`rnatilgan. Kelgusida respublikamizning barcha hududida onlayn NKM, shuningdek, validator va NFC (kontaktsiz tranzaksiya) elektron chipli kartalarni joriy etish ko`zda tutilgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: