Главная » Futbol yangiliklari » Ermatov brigadasi U-19 yoshlar o'rtasidagi OCh bahslarida ishlaydi
Ermatov brigadasi U-19 yoshlar o'rtasidagi OCh bahslarida ishlaydi

Ermatov brigadasi U-19 yoshlar o'rtasidagi OCh bahslarida ishlaydi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: Ermatov brigadasi U-19 yoshlar o'rtasidagi OCh bahslarida ishlaydi
  • Дата релиза: 31-07-14, 00:37
Ermatov brigadasi U-19 yoshlar o'rtasidagi OCh bahslarida ishlaydi
O'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov va FIFA laynsmeni Abduhamidillo Rasulovlar shu yilning 9-23 oktyabr kunlari Myanmada bo'lib o'tadigan U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo Chempionati bahslarida hakamlik qilishadi.

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi oktyabr oyida Myanma mamlakati mezbonlik qiladigan U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo Chempionati final bosqichi bahslarida ishlaydigan hakamlarni tasdiqladi. Unga ko'ra, o'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov mazkur musobaqa o'yinlarini boshqarib boradigan hakamlar qatoridan joy oldi. Ermatovga musobaqa davomida qanotda o'zbekistonlik FIFA laynsmeni Abduhamiddilo Rasulov yordam beradi. Ermatovga qanotda yordam beradigan ikkinchi laynsmen nomini OFK musobaqa arafasida tasdiqlaydi.

Ta'kidlash joiz, mazkur musobaqada o'zbekistonlik yana bir hakam - OFK nazoratchisi Farhod Abdullaev ham ishtirok etadi. Farhod Abdullaev Osiyo Chempionatida nazoratchi hakam vazifasini bajaradi.

Eslatib o'tamiz, Manmadagi Osiyo Chempionati bahslarida Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etadi. O'zbekiston U-19 yoshlari musobaqaning «V» guruhida Indoneziya, BAA va Avstraliya yoshlariga qarshi bahs olib boradi.
Логин:
Пароль: