Главная » Futbol yangiliklari » Eto'O: "Agar Messi Yaya Ture kabi gol urganda - hamma uni dunyoning eng yaxshisi deb gapirgan bo'lar edi"
Eto'O:

Eto'O: "Agar Messi Yaya Ture kabi gol urganda - hamma uni dunyoning eng yaxshisi deb gapirgan bo'lar edi"

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: Eto'O: "Agar Messi Yaya Ture kabi gol urganda - hamma uni dunyoning eng yaxshisi deb gapirgan bo'lar edi"
  • Дата релиза: 21-05-14, 13:42
Eto'O: "Agar Messi Yaya Ture kabi gol urganda - hamma uni dunyoning eng yaxshisi deb gapirgan bo'lar edi"
Kamerun terma jamoasi hujumchisi Samuel Eto'O Kot-d'Ivuar termasi va uning hujumchisi Yaya Ture haqida iliq fikrlar bildirdi.

- Ko'pchilik Kot-d'Ivuar termasini Afrikaning eng yaxshi jamoasi deb biladi. Qo'shilasizmi?

- Kot-d'Ivuarni ko'pchilik qog'ozda eng kuchli deb biladi. Menimcha, ular buni amalda isbotlashlari va asl kuchlarini ko'rsatishlarining vaqti keldi. Ularning bu avlodi hammada yaxshi taassurot uyg'otishlari kerak.

- Yaya Ture haqida nima deysiz?

- U - ajoyib! Uning "Manchester Siti"da nimalar qilayotganiga qarang. Bu fantastika. Men uchun Yaya Iure - jahonning eng yaxshi o'yinchisi. U ajoyib mavsum o'tkazdi va aqlbovar qilmas gollar urdi. Agar buni Messi bajarganda hamma uni jahonning eng yaxshi futbolchisi deb jar solgan bo'lar edi. Yaya Ture Messi, Pele va boshqa buyuk o'yinchilar singari golla urmoqda, - deydi Samyuul Eto'O.

Eslatib o'tamiz, ivuarliklar mundialda Yaponiya, Kolumbiya va Gretsiya termalari bilan bir guruhdan joy olishgan.
Логин:
Пароль: