Главная » Futbol yangiliklari » Eto'O Mourinoni qo'g'irchoq deb atadi
Eto'O Mourinoni qo'g'irchoq deb atadi

Eto'O Mourinoni qo'g'irchoq deb atadi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: Eto'O Mourinoni qo'g'irchoq deb atadi
  • Дата релиза: 21-05-14, 13:43
Eto'O Mourinoni qo'g'irchoq deb atadi
"Chelsi" hujumchisi Samuel Eto'O jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino haqida keskin fikrlar bildirdi.

Futbolchi o'zining yoshi haqida aytgan gaplari uchun Mourinoni kechira olmayapti. O'zaro suhbatda portugaliyalik mutaxassis futbolchining asl yoshi 33da emas, balki undan kattaroq ekanligiga sha'ma qilgan edi.

Eslatib o'tamiz, bu futbolchining Mourinoga birinchi hujumi emas, avvalroq murabbiyni ahmoq deb atagan edi.

"Bu qo'g'irchoqning mening yoshimga nisbatan aytgan gaplariga qarshi o'laroq, men ajoyib jismoniy formadaman, - deya futbolchining so'zlarini keltiradi cafonline.com. - 33 yoshimda o'zimni juda yaxshi his qilyapman va AQSh yoki Yaqin Sharqqa intilmayapman. Yuqori saviyada, chempionlar ligasida o'ynashda davom etaman".
Логин:
Пароль: