Главная » Yangiliklar » ​FARG`ONADA VOYaGA ETMAGAN QIZ FARZANDLI BO`LGACh, BOLANING OTASIGA NISBATAN JINOIY ISh OChILDI
​FARG`ONADA VOYaGA ETMAGAN QIZ FARZANDLI BO`LGACh, BOLANING OTASIGA NISBATAN JINOIY ISh OChILDI

​FARG`ONADA VOYaGA ETMAGAN QIZ FARZANDLI BO`LGACh, BOLANING OTASIGA NISBATAN JINOIY ISh OChILDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​FARG`ONADA VOYaGA ETMAGAN QIZ FARZANDLI BO`LGACh, BOLANING OTASIGA NISBATAN JINOIY ISh OChILDI
  • Дата релиза: 22-07-17, 20:39
​FARG`ONADA VOYaGA ETMAGAN QIZ FARZANDLI BO`LGACh, BOLANING OTASIGA NISBATAN JINOIY ISh OChILDI
Farg`ona viloyati Quva tumanida voyaga etmagan kollej o`quvchisi 1999 yilda tug`ilgan yigit bilan qilingan jinsiy aloqa natijasida farzand dunyoga keltirdi. Holat yuzasidan jinoiy ishi qo`zg`atilgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB ma`lumotlariga asoslanib, “Daryo” xabar bermoqda.

Farg`ona viloyati Quva tumani IIBga 2017 yil 10 iyulda tuman prokuraturasi tomonidan yuborilgan hujjatlarga ko`ra, 2016 yil noyabr oyida Quva tumanida yashovchi 1999 yilda tug`ilgan Ikrom Nurmatov (ism-shariflar o`zgartirilgan) tanishi Quva tumanida yashovchi kollejning 1-bosqich o`quvchisi, voyaga etmagan Nozima Boltaevaning o`n olti yoshga to`lmaganligini bila turib, u bilan o`z ixtiyoriga ko`ra dala er maydonida jinsiy aloqa qilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida voyaga etmagan Nozima Boltaeva 2017 yil 7 iyulda o`g`il farzand tug`ganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB Tergov bo`limi tomonidan 2017 yil 19 iyulda Ikrom Nurmatovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 128-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Holat bo`yicha keltirilgan ism va familiyalar o`zgartirilgan, har qanday o`xshashliklar tasodifiy xarakterga ega.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: