Главная » Yangiliklar » Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini ikki kun sel kelishi mumkinligidan ogohlantirdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini ikki kun sel kelishi mumkinligidan ogohlantirdi

O'zbekistonda boshlangan hafta avvalida sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda O'zbekiston Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi xabar qildi.

«O'zbekiston Respublikasining tog' va tog'oldi hududlarida 2018 yilning 11 mart kunidan 13 mart kunigacha sel kelish xavfi mavjud», — deyiladi xabarda.

FVV aholidan ehtiyot choralarni ko'rishni hamda turli noxush holatlar vujudga kelganda FVV tezkor raqamiga murojaat qilishni so'ramoqda.

Eslatib o'tamiz, 27 fevral kuni Buxoro, Samarqand, Navoiy, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida kuzatilgan kuchli shamol va yomg'ir oqibatida binolarning alohida qismlarini suv bosgandi.
Manba: Hordiq.uz



Новости «Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini ikki kun sel kelishi mumkinligidan ogohlantirdi»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]