Главная » Futbol yangiliklari » “Futbol do`stlik uchun” ishtirokchilari Sevara Nazarxon, Ravshan Ermatov va boshqalar bilan uchrashdi
“Futbol do`stlik uchun” ishtirokchilari Sevara Nazarxon, Ravshan Ermatov va boshqalar bilan uchrashdi

“Futbol do`stlik uchun” ishtirokchilari Sevara Nazarxon, Ravshan Ermatov va boshqalar bilan uchrashdi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: “Futbol do`stlik uchun” ishtirokchilari Sevara Nazarxon, Ravshan Ermatov va boshqalar bilan uchrashdi
  • Дата релиза: 21-06-17, 23:54
“Futbol do`stlik uchun” ishtirokchilari Sevara Nazarxon, Ravshan Ermatov va boshqalar bilan uchrashdi
FIFA va futbol bo`yicha 2018 yilgi Jahon chempionatining rasmiy hamkori — “Gazprom” kompaniyasining “Futbol do`stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasida O`zbekiston nomidan ishtirok etish huquqini qo`lga kiritgan “Lokomotiv” futbol klubi tarbiyalanuvchisi – darvozabon Ilyos Ahmedov hamda Mirobod tumanidagi 110-maktabning 5-sinf o`quvchisi – yosh jurnalist Amir Sharipov mamlakatning taniqli shaxslari bilan uchrashdi.

Yosh darvozabon va yosh jurnalist O`zbekiston rivojiga katta hissa qo`shgan shaxslar, jumladan, xonanda va basakor Sevara Nazarxon, FIFA va OFK referisi Ravshan Ermatov, biznesmen, Korzinka.uz supermarketlari tarmog`i egasi Zafar Hoshimov hamda O`zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori, professor, Oliy Majlis Senati a`zosi Edvard Rtveladze bilan uchrashuv o`tkazdi.
Mazkur uchrashuvlarni o`tkazishdan asosiy maqsad – do`stlik, tenglik, adolat, salomatlik, tinchlik, sadoqat, g`alaba va an`ana kabi qadriyatlarni targ`ib qilishdan iborat. Uchrashuv davomida loyiha ishtirokchilari qahramonlardan do`stlik nimadan iborat ekani va uning sirlari haqida tushuncha oldi. Har bir uchrashuv yakunida loyiha ishtirokchilariga omad tilab qolindi.

Yosh jurnalist Amir Sharipov FIFA va OFK referisi Ravshan Ermatov bilan uchrashuvdan keyin o`z fikrlari bilan bo`lishdi:

“Bugun hayotimda juda muhim voqea yuz berdi! Men jahon darajasidagi yulduz, O`zbekistonning mashhur hakami Ravshan Sayfiddinovich Ermatov bilan uchrashdim. Yosh jurnalist sifatida unga turli savollar bilan yuzlandim va u uchun do`stlik nima anglatishini so`radim. Uning so`zlaridan shuni bildimki, Ravshan Ermatov do`stlikni juda qarlaydi!”.

Yosh darvozabon Ilyos Ahmedov ham o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi:

“O`zbekiston nomidan birinchi ishtirokchiga aylanganimdan mamnunman. Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga harakat qilaman. Mashhurlar bilan uchrashuv bizga yanada ko`proq ishonch berdi. Men ham ular kabi taniqlik bo`lishga harakat qilaman”.

Eslatib o`tamiz, “Futbol do`stlik uchun” loyihasi shu yilning 26 iyunidan 3 iyuliga qadar Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo`lib o`tadi. Ishtirokchilar loyiha doirasida Konfederasiyalar Kubogi–2017 final uchrashuviga tashrif buyuradi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: