Главная » Yangiliklar » FVV yana sel xavfi haqida ma'lum qildi
FVV yana sel xavfi haqida ma'lum qildi

FVV yana sel xavfi haqida ma'lum qildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: FVV yana sel xavfi haqida ma'lum qildi
  • Дата релиза: 13-06-18, 22:49
FVV yana sel xavfi haqida ma'lum qildi
2018 yilning 14-15 iyun kunlari respublikaning tog` va tog`oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv Markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu hududlarda ob-havo o`zgaruvchan, ayrim joylarda yog`ingarchilik kutiladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan g`arbiy yo`nalishga o`zgarib, 7-12 m/s (25-43 km/soat), 14-15 iyun kunlari shamol tezligi 20 m/s (79 km/soat)gacha kuchayishi, joylarda 25-30 m/s (54-72km/soat)gacha kuchayishi kutiladi.

“Tog` va tog`oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga! Ehtiyot choralarini ko`rishingizni, hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning (+99871) 147-10-50 "Tezkor raqam”iga murojaat etishingizni iltimos qilamiz”, - deyiladi xabarda.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: