Главная » Futbol yangiliklari » Ganalik afsungar: "Ronalduning jarohati sababi - menman, uning JChga borishiga yo'l qo'ymayman"
Ganalik afsungar:

Ganalik afsungar: "Ronalduning jarohati sababi - menman, uning JChga borishiga yo'l qo'ymayman"

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: Ganalik afsungar: "Ronalduning jarohati sababi - menman, uning JChga borishiga yo'l qo'ymayman"
  • Дата релиза: 05-06-14, 15:40
Ganalik afsungar: "Ronalduning jarohati sababi - menman, uning JChga borishiga yo'l qo'ymayman"
Ganalik afsungar Jahon chempionati oldidan portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduga "ruhiy kasallik" yuborganini va uning "qora yulduzlar" (Gana termasi)ga qarshi o'ynashiga halaqit berishini bildirdi.

Goal xabar berishicha, afsungar Ronalduning barcha muammolari ortida o'zi turganligini va hech qanday shifokor tuzata olmasligini aytgan.

Ronaldu trendinit (pay va mushaklarning yallig'lanishi) bilan og'rimoqda va terma jamoasining Meksika va Irlandiyaga arshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazib yuborishi mumkin.

Nana Kvaku Bonsam (afsungarning nomi) Angel FM radiosi to'lqinlarida "Men Krishtianu Ronalduning qanday jarohat olganligini bilaman va buning ustida ishalyapman" degan.

"Men to'rt oy avval uni jahon chempionatidan mahrum qilishimni aytgan edim, - davom etadi afsungar. - Juda bo'lmaganda Ganaga qarshi o'yiniga halaqit beraman" - deydi Bonsam.

Eslatib o'tamiz, Portugaliya va Gana terma jamoalari 26 iyun kuni uchrashadilar.
Логин:
Пароль: