Главная » Yangiliklar » Germaniyalik olimlar miya bilan boshqariladigan samolyotni ixtiro qilishdi
Germaniyalik olimlar miya bilan boshqariladigan samolyotni ixtiro qilishdi

Germaniyalik olimlar miya bilan boshqariladigan samolyotni ixtiro qilishdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Germaniyalik olimlar miya bilan boshqariladigan samolyotni ixtiro qilishdi
  • Дата релиза: 29-05-14, 13:41
Germaniyalik olimlar miya bilan boshqariladigan samolyotni ixtiro qilishdi

Nemis olimlari uchuvchining fikr kuchi yordamida uchish-qo‘nish imkoniyatiga ega samolyot prototipini ishlab chiqdi. Ixtiro Brainflight (“Miya parvozi”) deb nom oldi. Bu haqda TechCrunch nashri xabar berdi.

Berlin va Myunxen texnika universitetlari ixtirosi Yevroittifoq tomonidan moliyalashtirilmoqda. U uchuvchining boshiga elektrodlar yordamida ulanadigan uskunadan iborat. Sinovlarda yetti kishi qatnashdi, ulardan biri samolyotni boshqarishda hech qanday tajribaga ega bo‘lmagan. Ularning barchasi aviatsiya trenajyorini muvaffaqiyat bilan yerdan ko‘tarib, xuddi shu tarzda qo‘ndirgan.

Olimlarning maqsadi alohida tayyorgarlikka ega bo‘lmagan har qanday kishiga samolyotni boshqarish imkoniyatini taqdim etuvchi boshqaruv tizimini yaratishdan iborat. Ushbu ixtiro keng jamoatchilikka qachon namoyish etilishi noma’lum.
 

Логин:
Пароль: