Главная » Yangiliklar » Inflyasiyaning yashirilishi yoxud pul almashadimi?

Inflyasiyaning yashirilishi yoxud pul almashadimi?

Keyingi vaqtlarda odamlar orasida pul almashishi mumkinligi va inflyasiyaning kuchayib bormoqda. Bu haqidagi mish-mishlarga javob topish, narx-navoning o`sish tendensiyasi, inflyasiya darajasi borasidagi fikrlarga oydinlik kiritish maqsadida O`zA muxbiri ekspert, huquqshunos, iqtisodchi Adham Shodmonov bilan suhbatda bo`ldi.

Savollarga ekspert, huquqshunos, iqtisodchi Adham Shodmonov oydinlik kiritdi

— Pul almashar ekan degan mish-mishlarga sizning fikringiz? Qachon va qanday vaziyatlarda davlat puli o`zgarishi mumkin? Agar shunday ehtimol bo`lsa, odamlar qancha vaqt oldin xabardor etiladi?

— Mish-mishlardan xabardor bo`lish, qaysidir ma`noda ogohlik va profilaktika chorasidek ta`sir qilishi mumkin. Biroq iqtisodiy-moliyaviy va bank tizimida mish-mishlarga emas rasmiy bayonotlarga tayangan ma`qul.

— Bizda inflyasiyani yashirish bo`layaptimi? Narx-navo davlat tomonidan ushlab turiladimi? Masalan, majlislarning birida Prezidentimiz go`sht narxi 250 ming so`m bo`lishi mumkinligini aytgan edi.



— Prezident Shavkat Mirziyoev barcha mansabdor shaxslar tomonidan aholiga real holatni va haqiqiy statistika ma`lumotlarni etkazib berish bo`yicha qat`iy topshiriq bergan. Guvohi bo`layotganimizdek, O`zbekistonda inflyasiya yashirilayotgani yo`q. O`zbekiston Markaziy banki deyarli har oyda aholi bilan onlayn muloqot qilib, bor gapni aytib, bozor narxlari haqida bayonot bermoqda.

Narxlarning o`sish tendensiyasi e`lon qilinmoqda, unga ko`ra joriy yilda ham inflyasiyaning darajasi yuqori bo`lishi kutilmoqda. Ta`kidlash kerakki, narxlarning bozor mexanizmlari asosida shakllantirish kelgusi davrlarda inflyasiya “jilovini” tortib turish imkonini berishi tabiiydir.

Parlamentda 2018 yil Byudjetnomasi qabul qilinishi jarayonida 2017 yil yakunlari bilan 14 foizlik inflyasiya darajasi saqlanib qolinishi bo`yicha bashoratlar o`zini oqladi. 2018 yilda u 12−13 foiz darajada saqlanishiga ishonchim komil.

Endilikda, hukumat keltirayotgan ayrim ko`rsatgichlarning istiqbolli darajasi Xalqaro valyuta fondining, Jahon banki, OTB va Evropa ittifoqining iqtisodiy komissiyasinig bu boradagi bashoratlaridan uncha ko`p emas, 0,1-0,2 foizga farq qilmoqda.

Moliya vazirining 2017 yil dekabr oyi xulosalariga tayanadigan bo`lsak, tashqi bozorlar “ob-havosi”ga havola qilib shuni ta`kidlash mumkinki, Brent rusmida avtomobil yoqilg`isi o`rtacha 30 foizga oshdi. Chunki ko`p yillardan buyon biz neft importiga bog`liqmiz, yurtimizda benzin taqchilligi ham o`z ta`sirini ko`rsatdi.

Manba: Darakchi.uz



Новости «Inflyasiyaning yashirilishi yoxud pul almashadimi?»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]