Главная » Yangiliklar » iPhone 6 Apple’ning eng keng tarqalgan smartfoni bo‘lib chiqdi
iPhone 6 Apple’ning eng keng tarqalgan smartfoni bo‘lib chiqdi

iPhone 6 Apple’ning eng keng tarqalgan smartfoni bo‘lib chiqdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: iPhone 6 Apple’ning eng keng tarqalgan smartfoni bo‘lib chiqdi
  • Дата релиза: 23-07-17, 16:55
iPhone 6 Apple’ning eng keng tarqalgan smartfoni bo‘lib chiqdi
Apple’ning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2017-yil mart oyiga kelib kompaniyaning dunyo bo‘yicha sotilgan smartfonlari soni 1,16 milliardga yetgan. Bu haqda Daily Comm’ga tayanib, “Mobinfo.uz” xabar berdi.

2017-yil aprel oyidagi statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 728 millionta yoki sotilgan smartfonlar umumiy sonining 62,6 foizi foydalanuvchilar qo‘lida bo‘lgan va ishlab turgan.

Bugungi kunda Apple mahsulotlari smartfonlar savdosi bozorining 15 fozini egallab turgan bo‘lsa ham, aprel oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyodagi mobil telefon foydalanuvchilarning to‘rtdan bir qismi Apple smartfonlaridan foydalanmoqda.

iPhone’dan eng ko‘p foydalanuvchilar Xitoyda bo‘lib, uning ulushiga 228 million kishi to‘g‘ri keladi. Undan keyingi o‘rinda turgan AQShda 120 million kishi yoki umumiy foydalanuvchilarning 16,4 foizi iPhone’ga ega.

2014-yilda sotuvga chiqarilgan iPhone 6 faol iPhone’lar umumiy sonining 21 foizini tashkil qiladi. iPhone 6s 18 foiz, iPhone 7 — 11 foiz, iPhone 6 Plus to‘qqiz foiz va iPhone 6s Plus sakkiz foiz ulushga ega.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: