Главная » Yangiliklar » Jahongir Otajonov: “O‘zbekkonsert” badiiy kengashi Xorazmiyning she'ri ma’nosini tushunmadi
Jahongir Otajonov: “O‘zbekkonsert” badiiy kengashi Xorazmiyning she'ri ma’nosini tushunmadi

Jahongir Otajonov: “O‘zbekkonsert” badiiy kengashi Xorazmiyning she'ri ma’nosini tushunmadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Jahongir Otajonov: “O‘zbekkonsert” badiiy kengashi Xorazmiyning she'ri ma’nosini tushunmadi
  • Дата релиза: 08-12-18, 20:08
Jahongir Otajonov: “O‘zbekkonsert” badiiy kengashi Xorazmiyning she'ri ma’nosini tushunmadi
5-dekabr kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida bir necha xonandalarning klipi muhokama qilingani haqida xabar berilgan edi.
Xususan, muhokama jarayonida Jahongir Otajonovning “Qaddi baland” qo‘shig‘iga olingan videoklipda ba’zi juz’iy kamchiliklar ko‘zga tashlangani sababli rad etilgan edi.

Xonanda Instagram’dagi sahifasi orqali ushbu holatga munosabat bildirdi. Uning yozishicha, “O‘zbekkonsert” badiiy kengashi a’zolari Xorazmiyning she’ri ma’nosini tushunmagan, shuning uchun uning klipi TVda ko‘rsatilishiga rad javobi berilgan.

“Shoirning ahvolini qara”, — deb yozadi xonanda kinoya bilan.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: