Главная » Yangiliklar » Jasur Umirov sevganini romantik uchrashuvga qaeraga taklif qilishini aytdi
Jasur Umirov sevganini romantik uchrashuvga qaeraga taklif qilishini aytdi

Jasur Umirov sevganini romantik uchrashuvga qaeraga taklif qilishini aytdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Jasur Umirov sevganini romantik uchrashuvga qaeraga taklif qilishini aytdi
  • Дата релиза: 31-03-18, 14:49
Jasur Umirov sevganini romantik uchrashuvga qaeraga taklif qilishini aytdi
San`at olamida faol ijod qilib kelayotgan Jasur Umirov haqida o`qish uning uning muxlislariga har doim qiziq. Ishonamizki, galdagi suhbatdan ham o`zingizga kerakli ma`lumotlarni olasiz.

— Qaysi bo`lib o`tgan ishdan afsuslanasiz?

— Avvalo, keyin atang deb qolmaslik uchun o`ylab qadab tashlashga harakat qilaman. Ammo ba`zida shoshqaloqligim pand beradi-da. Bundan bir necha yil ilgari «Kabutarim» qo`shig`ini klipmeyker Narimon Sultonxo`jaev bilan suratga olgandik. O`shanda, Narimon menga ustozdek bo`lib qolgan Anvar Sanaevni klipga chaqirgan. Menga bu taklifni aytganida biroz ikkilangan bo`lsam ham, negadir rozi bo`lganman. Tayyor klipni ko`rgach esa birinchi navbatda o`zim biroz uyalib qolganman. To`g`risi, Anvar aka ham xafa bo`lganlar. Ana shu ishimdan bugun afsusdaman.

— Ota-onangizni qaysi iltimoslarini shu kungacha bajara olmayapsiz?

— Ular menga «Uyga ertaroq kel», deb ko`p tanbeh berishadi. Lekin sohamizni o`zingiz yaxshi bilasiz, gohida tongacha ham ijod qilishimizga to`g`ri keladi. Shuning uchun ham ularning hech bu aytganlarini bajara olmayapman.

— O`zbekiston davlat Konservatoriyasida ta`lim olganingizda qaysi fanni umuman yoqtirmasdingiz?

— Raqsga tushishni yoqtirmaganim uchun «Sahna raqsi» darsiga kirishni xohlamasdim.

— Qaysi fan o`qituvchisidan ko`proq tanbeh eshitgansiz?

— Deyarli barcha domlalarim darslarga kelmaganim uchun meni urishardi. Bunga odatlanib qolgandim (kuladi). Lekin bu men tomonimdan yo`l qo`yilgan katta xatoligini anglaganman.

— Kelajakda turmush o`rtoq tanlayotganda nimalarga ahamiyat berasiz?

— Birinchi o`rinda mengacha biror yigit bilan gaplashmagan bo`lishi shart. Ikkinchidan, albatta, bir ko`rishda unga oshiq bo`lishim kerak. Uchinchidan esa meni va kasbimni tushunishini istardim.

— Jasur, ko`proq oshiqlik bobida ko`proq Farhodga o`xshaydimi yoki Otelloga?

— Men rashk borasida Otellodan ham o`tib tushaman. Tan olib oldindan aytib qo`ya qolay, oddiy qarash yoki yarimta so`zning o`zi rashkimni keltiradi. Bo`lajak turmush o`rtog`im shunga tayyor bo`lishi shart!

— Samarqandning qaysi udumini yaxshi ko`rasiz?

— Kelinni olov atrofida aylantirib, keyin uyga olib kirib ketishlari yoqadi. O`zim ham shuni an`anaga rioya etaman, deb niyat qilganman.

— Chiroyli gullari bor bog`, dengiz sohili yoki zamonaviy restoran. Sizningcha, romantik uchrashuv uchun eng chiroyli joy sanalganlardan qay biri?

— Albatta, dengiz sohili. Nasib qilsa, oilali bo`lgach, turmush o`rtog`imni moviy dengiz bo`yida sayr qildiraman.

— Sevgan insoningizga nimani umuman sovg`a qilmaysiz?

— Gul! Negadir, menga gullar yoqmaydi. Menimcha, guldan boshqa juda ko`p noodatiy sovg`alar bor.

ALIYa tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: