Главная » Yangiliklar » Jonli ijroda kuylamoqchimisiz? Ochiq maydonga marhamat!
Jonli ijroda kuylamoqchimisiz? Ochiq maydonga marhamat!

Jonli ijroda kuylamoqchimisiz? Ochiq maydonga marhamat!

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Jonli ijroda kuylamoqchimisiz? Ochiq maydonga marhamat!
  • Дата релиза: 20-09-18, 17:44
Jonli ijroda kuylamoqchimisiz? Ochiq maydonga marhamat!
“O`zbekkonsert” davlat muassasasi tashabbusi bilan joriy yilning 29 sentyabr kuni poytaxtda joylashgan “Xalqlar Do`stligi” san`at saroyi yonidagi bayroq ostida jonli ijroda gala konsert dasturi bo`lib o`tadi.

Ushbu konsert dasturi xalq sayli tarzida o`tkaziladi.

Odil Abduqahhorov, “O`zbekkonsert” davlat muassasasi rahbari: — Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan, jonli ijro etishni yaxshi ko`radigan, san`atsevar o`zbek xalqiga o`z qo`shiqlarini taqdim etishni istagan barcha xonandalar ushbu konsert dasturida ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun muassasaga kelib uchrashishlari kerak bo`ladi. Ayni damda unda yoshlar qo`shiqlarini sevib tinglaydigan 10 nafar estarada xonandasi ishtirok etish istagini bildirdi.

Ma`lumot o`rnida, Ushbu konsert dasturi 29 sentyabr kuni, soat 19:00 da bo`lib o`tadi. Uni tomosha qilish bepul.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: