Главная » Yangiliklar » Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga 2018—2019-o‘quv yili uchun qabul e’lon qilindi
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga 2018—2019-o‘quv yili uchun qabul e’lon qilindi

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga 2018—2019-o‘quv yili uchun qabul e’lon qilindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga 2018—2019-o‘quv yili uchun qabul e’lon qilindi
  • Дата релиза: 14-06-18, 15:40
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga 2018—2019-o‘quv yili uchun qabul e’lon qilindi

O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 24-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z faoliyatini boshlagan Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 2018—2019-o‘quv yili uchun bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul e’lon qiladi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.

Universitetga umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf bazasida) tamomlaganlik to‘g‘risida shahodatnoma (attestat) yoki akademik litsey, kasb-hunar kolleji diplomiga ega bo‘lgan fuqarolar tanlov asosida qabul qilinadi.

Qabul kvotalari quyidagicha:

Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha (umumiy 100 nafar talaba).

“Internet jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlar” fakulteti (umumiy 45 nafar talaba):


  1. Internet jurnalistika yo‘nalishi — umumiy 10 nafar (3 grant, 7 kontrakt);

  2. Mediadizayn yo‘nalishi – umumiy 10 nafar (3 grant, 7 kontrakt);

  3. Bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi – umumiy 15 nafar (5 grant, 10 kontrakt);

  4. Mediamarketing va reklama – umumiy 10 nafar (3 grant, 7 kontrakt).

“Xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar” fakulteti (umumiy 55 nafar talaba):


  1. Teleradiojurnalistika yo‘nalishi – umumiy 15 nafar (5 grant, 10 kontrakt);

  2. Sport jurnalistikasi yo‘nalishi – umumiy 10 nafar (3 grant, 7 kontrakt);

  3. Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi – umumiy 10 nafar (3 grant, 7 kontrakt);

  4. Jamoatchilik bian aloqalar yo‘nalishi – umumiy 20 nafar (6 grant, 14 kontrakt).

Foto: Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti matbuot xizmati

Foto: Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti matbuot xizmati

Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha (umumiy 30 nafar magistr):

“Internet jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlar” fakulteti:


  1. Internet jurnalistika mutaxassisligi – umumiy 3 nafar (1 grant, 2 kontrakt);

  2. Bosma ommaviy axborot vositalari mutaxassisligi – umumiy 3 nafar (1 grant, 2 kontrakt);

  3. Noshirlik ishi va muharrirlik mutaxassisligi – umumiy 3 nafar (1 grant, 2 kontrakt);

  4. Mediamenejment mutaxassisligi – umumiy 3 nafar (1 grant, 2 kontrakt).

“Xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar” fakulteti:


  1. Xalqaro jurnalistika mutaxassisligi – umumiy 3 nafar (1 grant, 2 kontrakt);

  2. Axborot xizmatlari texnologiyalari mutaxassisligi – umumiy 3 nafar (1 grant, 2 kontrakt);

  3. Televideniye va radioeshittirish mutaxassisligi – umumiy 3 nafar (1 grant, 2 kontrakt);

  4. Siyosiy-huquqiy jurnalistika mutaxassisligi – umumiy 3 nafar (1 grant, 2 kontrakt).

Oliy jurnalistika kurslari – umumiy 6 nafar  (0 grant, 6 kontrakt) (ma’lumoti oliy bo‘lgan mutaxassislar uchun).

Foto: Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti matbuot xizmati

Qabul jarayoni boshqa OTMlardagi kabi 15-iyundan 15 –iyulga qadar davom etadi.

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga 2018—2019-o‘quv yili uchun qabul: Inha universiteti binosida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani, “Ziyolilar” ko‘chasi, 9 –uy.


Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: