Главная » Yangiliklar » Kam ta'minlangan 70 oilaga gaz plitasi berildi
Kam ta'minlangan 70 oilaga gaz plitasi berildi

Kam ta'minlangan 70 oilaga gaz plitasi berildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Kam ta'minlangan 70 oilaga gaz plitasi berildi
  • Дата релиза: 14-06-18, 18:27
Kam ta'minlangan 70 oilaga gaz plitasi berildi
hayiti arafasida Jizzax shahrida yashovchi kam ta'minlangan oilalardan 70 tasiga “Artel” rusumli gaz plitalari sovg'a qilindi.
Aholining kam ta'minlangan qatlamini qo'llab-quvvatlash manzilli dasturiga muvofiq, kasaba uyushmalari, hokimlik, mahalla fuqarolar yig'inlari, xotin-qizlar qo'mitasi, Yoshlar ittifoqi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida ushbu tadbirning Ramazon hayiti arafasida o'tkazilishi ehtiyojmand oilalar uy bekalariga katta quvonch bag'ishladi.
– Muborak oyda ro'zg'or uchun eng zarur buyumga ega bo'lganimdan behad xursandman, – deydi Jizzax shahrining Obod mahallasida yashovchi uy bekasi Gulbahor Eshonqulova. – Shunday gaz plitasi olish necha yillik orzuim edi. Odamlarning dardu tashvishini yengillashtirish yo'lida ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik uchun davlatimizdan minnatdormiz.
Viloyatda Prezidentimizning 2017 yil 12 sentyabrdagi “Aholining kam ta'minlangan qatlamlarini qo'llab-quvvatlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan manzilli dasturga muvofiq, ehtiyojmand oilalarni uy-joy va maishiy texnika vositalari bilan ta'minlash, yashash joyini ta'mirlash, tibbiy xizmat ko'rsatish borasida izchil ishlar olib borilayotir.
Manzilli dastur asosida joriy yilning o'tgan davrida birgina Jizzax shahrining o'zida 102 ehtiyojmand oilaga 4 foizli imtiyozli kredit ajratilib, ularning oilaviy tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga imkoniyat yaratildi.
Manba: Hordiq.uz
Логин:
Пароль: