Главная » Futbol yangiliklari » Klaudio Raneri: "Monako"ning kelajagi porloq deya olmayman"
Klaudio Raneri:

Klaudio Raneri: "Monako"ning kelajagi porloq deya olmayman"

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: Klaudio Raneri: "Monako"ning kelajagi porloq deya olmayman"
  • Дата релиза: 31-07-14, 00:39
Klaudio Raneri: "Monako"ning kelajagi porloq deya olmayman"
O'tgan mavsumdan so'ng "Monako"dan iste'foga chiqarilgan mutaxassis Klaudio Raneri jamoaning kelajagiga shubha bilan qaramoqda.

Eslatib o'tamiz, Raneri "Monako"dan ketgach, uning o'rniga Leonardo Jardim tayinlangan, mutaxassis esa Gretsiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga o'tgan edi.

"Biz loyiha bo'yicha kelisha olmadik. Men yana 3-4 kuchli o'yinchilarni taklif qilishni stagandim, ammo klub prezidenti Dmitriy Ribolovlev boshqacha yo'l tutdi. Shunda hammasini tushundim.

U Xames Rodrigesni sotib yubordi, balki, Ferreyra-Karraskoni ham, Falkaoni ham sotsa kerak.

Ko'rinib turibdiki, loyihaning kelajagiga ishonch bilan qarab bo'lmaydi. Nima bo'lganda ham bu katta tajriba bo'ldi. Biz "PSJ"ga raqobat qila olmadik. Frantsiya OAV bizdan yuqoriga 2-3 jamoani qo'ygandilar, ammo biz ikkinchi bo'ldik. Bundan ortig'ini kutmagan edim", - deya Ranerining so'zlarini keltiradi Gazzetta dello Sport.
Логин:
Пароль: