Главная » Futbol yangiliklari » La Liga. Madrid klublariga omadli, “Barselona” uchun omadsiz kelgan turning barcha natijalari
La Liga. Madrid klublariga omadli, “Barselona” uchun omadsiz kelgan turning barcha natijalari

La Liga. Madrid klublariga omadli, “Barselona” uchun omadsiz kelgan turning barcha natijalari

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: La Liga. Madrid klublariga omadli, “Barselona” uchun omadsiz kelgan turning barcha natijalari
  • Дата релиза: 12-09-16, 12:32
La Liga. Madrid klublariga omadli, “Barselona” uchun omadsiz kelgan turning barcha natijalari
Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasida 3-tur bellashuvlari yakunlandi. Chempionlik uchun asosiy da’vogar bo‘lgan “Barselona”ning o‘z uyida debyutant klubdan mag‘lub bo‘lishi haqiqiy sensatsiyaga tenglashtirildi. Mavsumni yirik g‘alaba bilan boshlagan Kataloniya klubi, 2-turda Bilbaoda zafar quchgandi. Ko‘pchilik uchun notanish bo‘lgan “Alaves” esa amaldagi chempionni “Kamp Nou”da taslim qilishga erishdi. Qayd etish kerak, “Alaves” ilk turni “Atletiko” maydonida o‘tkazib, raqibini 2 ochkodan mahrum qilib qaytgandi. “Barselona”ning ochko yo‘qotishi Madridning “Real” klubini yakka peshqadamga aylantirdi. “Qirollik klubi” Krishtianu Ronalduning qaytishini yirik g‘alaba bilan nishonladi. “Real”ning asosiy maqsadi Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritish ekani haqida bosh murabbiy Zidan aytib o‘tgandi. “Barselona”ning qoqilishi ispan OAVsi tomonidan bu boradagi dastlabki qadam sifatida qayd qilindi. Ketma-ket ikki turda debyutant klublarni mag‘lub eta olmagan “Atletiko” Vigoda “Selta”ga imkoniyat qoldirmadi. Vigoliklar Nolitoni “Manchester Siti”ga sotib yuborib, mavsumni ketma-ket uchta mag‘lubiyat bilan boshladi. Shunday natija Pako Alkaser hamda Andre Gomeshni “Barselona”ga qo‘yib yuborgan “Valensiya”ni ham chetlab o‘tmadi. 3-turning eng irodali g‘alabasi “Sevilya” futbolchilari tomonidan qo‘lga kiritildi. Xorxe Sampaoli shogirdlari 89-daqiqaga qadar 1 ta gol farqi bilan ortda bora turib, yakunda 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan mavsum so‘ngidagi g‘alabalari sabab La Ligada jon saqlab qolgan “Las-Palmas” 88-daqiqaga kelib maydonda bir kishi kam qoldi. “Atletiko”dan 1 ochko ishlagan “Leganes” 4-turda “Barselona”ga qarshi maydonga tushadi. Turnir jadvalida kuchli uchlikda borayotgan “Sporting” esa “Atletiko”ga qarshi saf tortadi. Madridning “Real” klubini “Espanyol”ga qarshi bellashuv kutib turibdi. Ispaniya La Ligasi 3-tur bellashuvlari 10-sentabr, shanba “Real Sosyedad” — “Espanyol” 1:1 Gollar: Pablo Pyatti, 62 (0:1). Villian, 78 (1:1). Chetlatish: Xavi Fuego, 90+2 (E). “Selta” — “Atletiko” 0:4 Gollar: Koke, 53 (0:1). Antuan Grizmann, 73 (0:2). Antuan Grizmann, 81 (0:3). Anxel Korrea, 89 (0:4). “Real Madrid” — “Osasuna” 5:2 Gollar: Krishtianu Ronaldu, 6 (1:0). Danilo, 40 (2:0). Serxio Ramos, 45+1 (3:0). Pepe, 56 (4:0). Luka Modrich,62 (5:0). Oriol Riyera, 64 (5:1). David Garsiya, 78 (5:2). Noaniq penalti: Roberto Torres, 72 (O). Chetlatish: Tano Bonin, 79 (O). “Malaga” — “Vilyarreal” 0:2 Gollar: Xaume Kosta, 33 (0:1). Nikola Sansone, 44 (0:2). Noaniq penalti: Bruno, 40 (V). “Sevilya” — “Las-“Palmas” 2:1 Gollar: Tana, 16 (0:1). Pablo Sarabiya, 89-pen (1:1). Karlos Fernandes, 90+4 (2:1). Chetlatish: Pedro Bigas, 88 (L). “Barselona” — “Alaves” 1:2 Gollar: Deyverson, 39 (0:1). Jeremi Mate, 46 (1:1). Ibai Gomes, 64 (1:2). 11-sentabr, yakshanba “Sporting” — “Leganes” 2:1 Gollar: Nacho Kases, 17 (1:0). Duye Chop, 43-pen (2:0). Diyego Riko, 58 (2:1). “Valensiya” — “Betis” 2:3 Gollar: Ruben Kastro, 38 (0:1). Xoakin, 54 (0:2). Rodrigo, 75 (1:2). Esekyel Garay, 78 (2:2). Ruben Kastro, 90+2 (2:3). Chetlatish: Enso Peres, 50 (V). “Granada” — “Eybar” 1:2 Gollar: Pedro Leon, 43 (0:1). Artyom Kravets, 76 (1:1). Serxi Enrix, 90+4 (1:2). Chetlatish: Asyer Riyesgo, 32 (E). “Deportivo” — “Atletik” 0:1 Gol: Raul Garsiya, 41 (0:1).
Логин:
Пароль: